Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Nilufar Usmonova 40 kunda 11kga qanday ozdi?

Bir necha oylar avval to`rtinchi bor onalik maqomiga erishgan, o`zbek shou-biznesining ko`p bolali san`atkorlaridan biri Nilufar USMONOVA bilan uchrashuvimizning arzirli sababi bor. U yana ijodga qaytdi! Muxlislarini sog`intirgan xonanda bilan "So`g`diyona" gazetasi intervyu uyushtirdi.
 

— Sizni ko`rib turganimizdan xursandmiz! «Mu5» kanali orqali taqdim qilingan yangi musiqiy klip ko`pchilikni shoshirib qo`ydi. Ijodga qaytganingiz rostmi?

— Ha! To`g`risi, muxlislarim, san`atga havasmand insonlar meni bu qadar ko`tarinkilik bilan kutib olishadi, deb o`ylamagandim. Bu men uchun haqiqiy syurpriz bo`ldi. Ijodga qaytganimdan benihoya xursandman!

— Qiz bolaning qadami qutlug` keladi deyishardi, sizda ham bilinayapti chog`i?..

— Gapingizga yuz foiz qo`shilaman, Sa`diyaxonning qadami fayzli keldi! Ilohim, qizalog`imning hayoti chiroyli bo`lsin!

— Nilufar Usmonova quruq qo`l bilan qaytgani yo`q, bilishimcha. Yangi rejalar, ehtimol ijodiy guruhda ham o`zgarishlar bo`lar?

— Albatta! Ijodiy guruhimiz bilan birgalikda tuzgan rejalarimiz ko`p. Ayni kunlarda ikkita katta loyiha ustida ish olib borilayapti. Ulardan biri tanlov tarzida bo`lib, televidenie orqali namoyish etiladi. Hozircha shugina ma`lumotni aytolaman, xolos. Qolganini vaqti-soati bilan bilib olasiz. Ikkinchi loyihamiz esa bu, yakkaxon konsert dasturi!

— Mana buni yangilik desa bo`ladi! Shu yil konsert berasizmi?

— Nasib qilsa shunday. Ammo menga qolsa, shoshilmaganim ma`qul. O`zim xohlagandek tayyorlanishim uchun menga vaqt kerak. Men Yulduz Usmonova emasman-da, qirq kunda konsert dasturini havola etadigan. Balki 2018 yilning avvalida havola qilarmiz dasturni.

— Bir necha yil tanaffus qilgan bo`lsangiz-da, bekor o`tirganingiz yo`q. Ijtimoiy tarmoqlar, innernetda yangi ijod namunalari joylab turilganini bilamiz. Nega ulardan birini premera qilmay, ispancha qo`shiqqa ishlangan klipni tanladingiz?

— Rostini aytsam, «Mu5» telekanalidagi musiqiy klip taqdimotidan xabarim yo`q edi. Kanal ijodkorlarining men uchun atalgan sovg`asi bu. Hozir ham ijodga qaytdim deya birorta telekanalga kliplarimni bermadim, rosti. Besh yillik tanaffus vaqtimda ko`p o`zgarishlar bo`libdi. Negaki, avvallari televidenieda klip premera qilinishining moliyaviy tomonlari bo`lib, bu o`z-o`zidan hal etilmasdi. Ijodimni hurmat qilgan, qadrlagan insonlar bor ekanki, mana o`zimga ham aytmasdan meni muxlislarim bilan yuzlashtirishdi.

— Boshqa telekanallardan ham so`rashayotgandir yangi kliplaringizni?

— So`rashayapti, ammo hali birortasiga ham yangi ijod namunalarimni berganimizcha yo`q. Ixtiyorlari, qay bir qo`shig`imni ma`qul ko`rishsa, shuni namoyish etaverishsin.

— Sezayotgan bo`lsangiz, muxlislaringiz sizdan ko`p narsalarni kutishayapti?

— Rostini aytsam, o`zim ham ayni shunday holatdaman. «Nilufar Usmonova ijodga qaytibdi» deyishgan kunning ertasiga ertalab uyqudan uyg`ondim-da «Endi nima bo`ladi?» dedim o`zimga-o`zim. Yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ijodingizni kuzatib bordik, dedingiz. Bilsangiz, yaqin do`stim, ijodiy hamkorim Shoxruh Yassaviy bilan internet tarmoqlarida ko`plab loyihalarni amalga oshirganmiz. Muxlislarim bu tariqa muloqotimizga ham ko`nikishgandi. «Qo`shiq kuylashing mumkin, yana ijoddasan» deyilganidan keyin esa, to`g`risi, o`zim ham o`zimdan nimalarnidir kutayotgandekman. «Mu5» kanali ijodkorlarining sovg`asidan keyin bir haftacha o`zimga kelolmay yurdim, shoshib qoldim-da. Uch-to`rt kun bo`layapti, «O`zingni qo`lga ol, Nilufar», deya asta ijodiy rejalar ustida ish boshladik.

— «Kel, ikkimiz», «Kelaqol, jonim» qo`shiqlariga ishlangan klip g`oyasi ko`pchilikni qiziqtiradi, nega aynan bu mavzu?

— «Kelaqol, jonim» volidamning tuhfasi! Matnini ham, musiqasini ham o`zlari yozganlar. Taronaning o`zini tinglasangiz, romantik kayfiyat chulg`ab oladi sizni, maza qilib eshitasiz. Klip olish uchunJahongir Ahmedovga yuzlandik. Uning g`oyasi menga va ijodiy guruhimizga manzur bo`ldi, qolaversa, hali hech qaerda bu kabi syujetni ko`rmagandim. «Kel, ikkimiz» taronasi esa umr yo`ldoshimga atalgan sovg`am, boshqa hech qanday maqsad-muddaosi yo`q buning. Qo`shiqni Yolqin To`ychievga eshittirganimizda u bizga «Kelaqol, jonim» klipi syujetiga yaqin voqeani yozib berdi. «Nega yana shu mavzu?» deganimizda, «Hammaning o`z haqiqati, hayoti bor» degan javobni eshitdik. Boshqa san`atkorlarning ijodini kuzatsangiz, hammasida «Sevaman-kuyaman»ni ko`rasiz, biz bo`lsa noodatiyroq yondashuvni tanladik. Klip voqealari mening hayotim emas. Ko`pchilik san`atkor o`z dardini qo`shiqqa soladi, ekranga olib chiqadi deb o`ylaydi, ammo xonanda o`z dardini kuylab bo`lar ekan, u ijod qilishdan to`xtaydi. Men atrofimdagi insonlarning kechmishini kuylayman. «Nilufar Usmonova o`z hayotini ko`rsatibdi, falonchini ikkinchi turmushi ekan» degan gaplar bekor. Har ikkala qo`shig`imni tinglasangiz, unda ayollik baxti tilga olingan. Darvoqe, musiqiy albomimda yana bitta tarona bor «Kel» so`zi ishtirok etgan. Sho`x tarona, so`zlarini Shuhrat Nuraliev yozgan. Bitta albomda uchta «Kel» deb boshlanuvchi qo`shiq, qalay?

— Zo`r! Kliplar haqida so`z ochilganidan foydalanib, «Tug`ilsam» qo`shig`iga nega video ketma-ketlik suratga olmaganingizni so`ramoqchi edim.

—Shusiz ham og`riqli mavzu. Ba`zan homila rivojlanmay nobud bo`ladi, shifokorlar abort qilish kerak, ayol hayotini saqlab qolish uchun deyishadi. Ammo shunda ham ayol homilasidan voz kechishni istamaydi, go`yoki qandaydir mo``jiza yuz berishini kutadi. Ona-da! Bizdagi klipmeykerlarning aksariyati erkaklar, uch daqiqalik klipda abort mavzusini qanday qilib ko`rsata olishadi, ochig`i, aqlimga sig`dirolmayman. Qo`shiq matni va musiqasini Yakzon yozgan, taronani shunchaki tinglash kerak, nazarimda. Qo`shiq ovoz yozish studiyasida yozilayotganida tezgina kuylaganman-da, xuddi bir nimadan qochib ketayotgandek hovliqqanman. Juda qattiq ta`sirlanganman... Bo`lmasa, boshqa taronalarni bir necha bor xirgoyi qilib, maromiga etkazib, so`ng yozamiz. Biroq bunisiga kuchim etmadi, bir martalik ijro bilan kifoyalandim. Balki keyinchalik qandaydir loyiha o`tkazilsa, taronadan foydalanarmiz, ammo hozir musiqiy klip shart emas.

— Bir xillikda ijod qilishni yoqtirmaysiz, bu kabi o`zgaruvchanlik atrofingizdagilarga malol kelmaydimi?

— (yonidagi yigitlarga ishora qilib) Mana, men bilan mehnat qilayotgan, izlanayotgan do`stlarim – Jamshid, Shohrux. Aynan mana shu yaqinlarim meni bir xillikka tushib qolishimga yo`l qo`yishmaydi. Hatto, sozandalarim ham o`zim kabi yangiliklar tarafdori. Ijodiy jamoamiz bilan hamfikrlikda ishlab kelayotganimizgami, ahil-inoqmiz. Ko`z tegmasin, ilohim.

— Ko`pchilikning e`tiroficha, kun sayin volidangizga o`xshab borayapsiz. Sahnada harakatlanishingizdan to ovozingizgacha. Bu taqlid deganlar ham bor, ehtimol hamma gap gendadir?..

— Men uchun ideal inson ham, ideal san`atkor ham, bu — onam! Volidamdan boshqa yana kimga ham taqlid qilishim mumkin, o`zingiz ayting. U kishi men uchun yagona o`rnak bo`loladigan ayol! Onamga o`xshatishgan bo`lishsa, bundan faqat xursandman! Rahmat aytaman.

— O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi oldi qo`ng`iroqlashganimizda, sizni tashkiliy ishlar bilan band deyishgandi. Rostini ayting, muxlislar onamni qanday kutib olishar ekan degan xavotir bo`ldimi hech?

— Konsert kunlari do`stim Jamshid bilan tik oyoqda turdik desam, xato bo`lmaydi. Birinchi kuni 3 soatu 40 daqiqaga cho`zildi dastur. To`g`ri, ko`nglim yumshab, ko`zimga yosh kelgan paytlar ham bo`ldi. Konsert o`rtasida zalga o`tib, muxlislar qatoridan joy olamiz desak, nazoratchi ayol bizni o`tkazmadi. «Bo`sh joy bor ekan-u, shu erga o`tira qolaylik» desak, nazoratchilar o`tiradigan qatorni ko`rsatib, «Hamma o`z joyida o`tirishi kerak, Yulduz opa aytganlar», deya bizga joy bermadi (kuladi). Nima ham derdik, onam aytganlar axir, «Xo`p mayli» deya zalning oxiriga o`tib, bir burchakda devorga suyangancha konsertni tomosha qildik. Deyarli har kuni dasturning boshidan oxirigacha o`sha erda bo`ldim. To`rt soatdan oshib ketgan paytlar ham bo`ldi. Onamning sahnadagi chiqishini kuzatib, o`zimga-o`zim «Eh-he, bularning ortida qancha mashaqqat, sabr, mehnat bor» dedim. Volidamning yoshsan`atkorlardan ham ko`proq shijoat, kuch-g`ayratga egaligini ko`rib, xonandalikdan ketib, tinchgina yana bitta tug`sammikan, bolalarimni tarbiyalab, uyda o`tirsammikan, degan xayol ham bo`ldi. Qo`rqdim-da, men onamdek bo`lolarmikan, deb.

— Bir kun siz ham konsert berasiz va volidangiz tomoshabinlar qatorida sizni tomosha qilib, siz uchun quvonadi!

— Ilohim! Hech bo`lmasa «barakalla!» desalar ham mayliga, shuni o`zi etadi menga.

— Yulduz opada-chi, hayajon sezildimi konsert oldidan?

— Ayam har sahnaga chiqish oldi hayajonlanadi, buni sira yashirmagan ham. Qaerda konsert berishidan qat`i nazar shunday. Toki qo`liga mikrafonni olib, qo`shiqni boshlab olmagunicha hayajon bo`ladi.

— Yulduz opa bilan birgalikdagi «Shaytonga bo`ysungan yuraklar» duetingiz ommalashgan o`z vaqtida. Balki yana shu kabi hamkorlik ijod maxsulini eshitarmiz?

— Sizlardan hech nimani yashirib bo`lmas ekan-da, haqiqatan ham onam bilan birgalikda duet kuylash rejamiz bor. Ammo bu haqida sal keyinroq aytaman, ijozat bersangiz.

— Birin-ketin farzandli bo`lganingiz onangiz bilan munosabatlaringizni yanada mustahkamladi, nazarimda?..

— Chindanam shunday, har safar onalik maqomiga erishganingizda volidangizni yanada ko`proq tushuna boshlarkansiz. Hozir onam bilan yanada ko`proq suhbatlashishni istayman. Bolalar tarbiyasida ham ko`p maslahat beradilar, farzandlaringga sira ham yolg`on gapirma, hamisha rost so`zla, deydilar.

— Amal qilasizmi maslahatlariga?

— Albatta!

— Ijodingizga nisbatan-chi, qattiqqo`lliklari bormi?

— Sekin gapirasizmi, yangi ijod mahsulini eshittirsam, yoqmadimi, ochig`ini aytadilar. Yaxshi bo`lsa, «zo`r chiqadi» deydilar, ortimdan.

— O`zizga emas ya`ni?

— Ha! Keyin eshitaman, menga atalgan yaxshi gaplarini.

— Tushunishimcha, Yulduz opaning bir og`iz maqtov so`zlari ham siz uchun juda katta rag`bat!

— Ko`pchilik «onasi bor-ku, maza qilib ijod qilaveradi» deb o`ylaydi. Aslida esa unday emas. Boshqa san`atkorlarni qanday baholasalar, menga ham xuddi shunday munosabatda bo`ladilar. «Bu qizim-ku», demaganlar. Shu paytgacha hali biror marta onamdan «ochko» olmaganman. Astoydil mehnat qilaman va yaratgan ijod namunalarimni onamga tanishtirayotganimda qo`rqib turaman, ma`qul kelarmikan, deya.

— Qizalog`ingiz endigina to`rt oylik bo`ldi-yu, qomatingiz havas qilgudek. Bunga qanday erishdingiz?

— Do`stim Jamshidning maxsus parhezi bilan qirq kun chillada 11 kilogramga ozdim.

— Qiziq, qanday parhez ekan u?

— Har ikki soatda belgilangan mahsulotlarni iste`mol qilasiz va ozasiz!

— Zo`r-ku, Jamshidni so`rab qo`ng`iroq qilishsa, nima dey?

— (kulib) Shohruxga qo`ng`iroq qilavering, topib beradi. Tug`ruqdan so`ng aksariyat ayollarda depressiya holati kuzatiladi, bu vazn ortishi bilan ham bog`liq. Xullas, siz ko`rib turgan qomatga do`stimning ko`magi bilan erishdim.

— Hamisha bugungidek yaxshi kayfiyatda ko`rishishlik nasib qilsin! Sizdan yangi ijod maxsullarini kutib qolamiz!

— Rahmat!

Dildora YUSUFBEKOVA suhbatlashdi.

 



Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 6733 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное