Nilufar Usmonova 1 aprel kuni qanday Aldanganini so‘zlab berdi
Xonanda Nilufar Usmonova 1 aprel kuni qanday qaltis hazil qilishganini so‘zlab berdi.
“Ikki-uch yil avval turmush o‘rtog‘imning qo‘l telefoni o‘chiq bo‘lgani uchun ofisiga qo‘ng‘iroq qildim. Kotiba go‘shakni ko‘tarib: ‘Xo‘jayin ishda emas, xorijga safarga ketdi, aytmaganmidi?’, dedi. Avvaliga hayron bo‘ldim, keyin jahlim chiqdi. ‘Nega ogohlantirmadi?’, deb arazladim. Keyin bilsam bu kotibaning 1 aprel hazili ekan", deb yozadi 7x7 nashri. "Turmush o‘rtog‘im bir soatlardan keyin ‘Majlisda edim, tinchlikmi?’, deb qo‘ng‘iroq qilib qolsa deng...”