Nigora: “Oybek bilan oila qurish xayolimga ham kelmagan, chunki...”
O‘zbek shou-biznesidagi ko‘zga ko‘ringan duetlardan biri Oybek va Nigora juftligi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ikki xonanda o‘z yo‘llarini nafaqat san’atda, balki shaxsiy hayotda ham bog‘lashga qaror qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Oybek va Nigora farzand kutmoqda.
Nigora “7X7” gazetasi bilan suhbatda Oybek bilan turmush qurishi tarixini so‘zlab berdi:
“Oybek bilan oila qurish xayolimga ham kelmagandi, chunki biror marta ham bir-birimzga sevgi izhor qilmaganmiz. Unga bo‘lgan muhabbatimni hammadan, hatto opa-singillarimdan ham sir saqlaganman. Bir kuni qaynonam tugun ko‘tarib, ‘Qulchilikka keldik’, deganlarida Oybek oila qurishga ahd qilganini tushundim”.
“Oybek aka, deyishga ko‘nikolmayapman. Umuman, turmush o‘rtog‘iga ‘aka’ deb murojaat qilishlarini yoqtirmayman. Nasib qilsa, farzandli bo‘lsak, ‘adasi’ deb chaqiraman”, — deydi Nigora so‘zlarini davom ettirar ekan.