Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Naqd pul tushumi endi onlayn tarzda nazorat qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida fiskal ma’lumotlar operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasining sharhi taqdim etilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston har bir urilgan chek haqidagi ma’lumotlarni onlayn rejimida soliq organlariga uzatuvchi NKM tizimiga o‘tmoqda.

Loyihani amalga oshirish muddatlari qat’iy qilib belgilab qo‘yildi. 2017 yil 29 sentabr kunidagi PQ–3300-son qarordagi onlayn NKM yaratish bo‘yicha topshiriq bilan Toshkent va Nukus shaharlari, bundan tashqari, viloyatlar markazida 500 dan 1000 gacha onlayn NKMdan foydalanish bo‘yicha tajriba loyihasi 2018 yilning 1 yanvaridan 30 martiga qadar ishga tushirilishi belgilangan.

2018 yilning 1 iyuliga qadar esa Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazidagi barcha yuridik shaxslarlar onlayn NKMdan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirishlari shart. 2018 yilning 1 dekabriga qadar esa O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar onlayn NKMni qo‘llagan holda hisob-kitob qilishlari kerak bo‘ladi.

“Norma.uz” portalining ma’lum qilishicha, portalda tizimni joriy etish davri bir yil qilib belgilangan. Loyiha bo‘yicha markazdan olis va borish qiyin bo‘lgan hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan aholi punktlarida amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun NKMdan foydalanmagan holda hisob-kitob qilish mumkin.

Loyiha bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK va “Online Technologies Systems” MChJ XK o‘rtasidagi qo‘shma korxona fiskal ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan rasmiy tashkilot hisoblanadi.

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2426 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul, soliq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное