Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat tafti”: kxushi kimga xiyonat qildi?

«Mening yurtim» kanali orqali namoyish etilayotgan «Muhabbat tafti» serialining voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz. Serial qahramonlarini qanday sarguzashtlar kutmoqda? Barchasini birgalikda kuzatamiz. 
•  Arnav bo‘layotgan voqealarga izoh berishdan qochib xonasiga qulflanib oladi. Kxushini deb Guptalar oilasi Manoramadan haqorat eshitadi. Nani va Anjali ham Kxushinni siquvga olishadi. Kxushi vaziyatga oydinlik kiritish uchun Arnavga yuzlanadi. U o‘zini qanday tutadi?
•   Hatto Payyal ham Kxushidan yuz o‘girdi. Atrofdagilarning munosabatidan charchagan Kxushi Arnavdan najot kutmoqda. 
•  Rayzadlar xonadonida Kxushini tushunishmaydi. Shyam uni xiyonatda ayblaydi. Bu orada Nani betob bo‘lib qoladi. 
•  Anjali oilasidagilarga Arnav va Kxushi, barcha rasm-rusumlarga amal qilgan holda nikohdan o‘tishlari kerakligini  aytadi. Kxushiga kelinlik libosini berib, to‘yga hozirlik ko‘r deydi. Kxushi nima qilishni bilmay qoladi. Arnav nikoh marosimlarining birini bajarib, Kxushini ko‘targancha uyga olib kiradi. 
•  Anjali Kxushini Arnavning xonasiga kuzatib boradi. Arnav hammaning ko‘z o‘ngida o‘zingni baxtiyordek tut deb aytadi. Sovuqdan qaltirayotgan Kxushiga Arnav yopinchiq tutqazadi. Ertalab Anjali Kxushini oshxonaga boshlab boradi. Manorama bu ishga qarshilik ko‘rsatadi. Rayzadlar oilasi Kxushini kelin sifatida qabul qiladimi? 
•  Manoramaning kuzatuvini sezib qolgan Arnav va Kxushi o‘zlarini sevishganlardek tutishadi. Ziyofatga borgan Arnav ular haqida turli mish-mishlarni tarqatayotganlarga qarata qo‘pol so‘zlar aytadi. 
•  Madxumati Payyalni uyga olib ketadi. Kxushi Payyalga dalda berishni istaydi. Ammo vaziyat hali ham qaltis. Kxushiga quloq solisharmikan? 
•  Madxumatining uyida Kxushi yig‘ilganlardan uzr so‘raydi. Boshpana izlab Kxushi ibodatxonaga yo‘l oladi. Payyal, Arnavga qo‘ng‘iroq qilib Kxushining g‘oyib bo‘lganini ma’lum qiladi. Arnav Kxushining qaerga ketganini bilmay uni izlashga tushadi. 
•  Kxushi ortiga qaytishni istamaydi. Arnav majburan Kxushini uyga olib keladi va so‘roqsiz ko‘chaga chiqsmaligini tayinlaydi. Kxushi Arnav haqida qandaydir haqiqatni bilmoqchi. Qiziq, u nimalarni xayol qilayapti?


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5640 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sanobar Serial qizib bormoqda buyog'i Ishaniga öxwap ketarkanmi...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное