Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muhabbat tafti: Anjaliga suiqasd qilindi. Jinoyatchi kim?

«Mening yurtim» kanali orqali namoyish etilayotgan «Muhabbat tafti» serialining ishqibozlari voqealarning keyingi rivojidan hayratga tushishlari aniq. Nega deysizmi? Keling, yaxshisi serial qahramonlarini qanday sarguzashtlar kutayotgani bilan tanishtirsak. Ishonchimiz komilki, barcha savollaringizga javob topolasiz. 
  • Kxushi Shyam bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilmayapti. Madxumati Shyamga tuyg‘ularimni o‘yin qilma deydi. Kxushinning po‘pisalariga javoban Shyam Akash va Payyalni urushtirib qo‘yishini aytadi. 
  • Anjali bilan to‘qnash kelgan Kxushi Shyamni fosh etmaslikka qaror qiladi. Arnav Lavanyaga uni sevmasligini va bu haqda oilasidagilarga ma’lum qilishini aytadi. Lavanya buni qanday qabul qiladi? Nahot rozi bo‘lsa? 
  • Madxumati va Kxushi, Rayzadlar oilasining Shyam to‘g‘risidagi qarorini kutishmoqda. Kxushi haqiqatni aytolmaganidan afsusda. Payyal o‘tgan ishlarni unutib, bor diqqat-e’tiborini bo‘lajak unashtiruv marosimiga qaratishni o‘ylayapti. 
  • Lavanyaning yuragini tilka pora qilgan Arnav qilgan ishidan pushaymon. Kxushi, Shyam haqida bilganlarini Anjaliga aytmoqchiyu ammo qo‘rqayapti. Nani, Shyamni Kxushining oilasiga tanishtiradi. Madxumati Manoramani koyiydi. 
  • Lavanya, Arnav bilan munosabatlariga nuqta qo‘yilganini Kxushiga ma’lum qiladi va bu haqida hech kim bilmasligini tayinlaydi. Payyal va Akashning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda Arnav, Lavanya bilan fotihasi buzilganini oshkor qiladi. 
  • Kxushi, Arnavning qilgan ishidan g‘azabda. U Lavanyani uyni tark etishini istamaydi. Nani fotiha buzilishigi nima sabab bo‘lganini so‘rab, Arnavni siquvga oladi. Lavanya bu qaror ikkisining ham xohishi ekanligini aytadi. 
  • Shyam to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lgan Kxushi bu haqda hech qachon og‘iz ochmalikka ahd qiladi. Rayzadlar oilasida Arnavni faqat Anjali qo‘llab-quvvatlaydi. Yuvinish xonasida Kxushi  Akashga taqlid qiladi. Arnavni, Payyal deb o‘ylagan Kxushi uni ichkariga kiritadi. 
  • Kxushi fotiha marosimining tashkiliy ishlari bilan Anjaliga yordam beradi. Shyamga ko‘ylagini almashtirishni buyurgan Anjalining harakati Kxushinning e’tiboridan chetdan qolmaydi. Manorama Sidneylik mehmon Nandu Kishorening tashrifidan g‘oyat xursand. 
  • Shyam, kunlik harajatlarini hisoblab borishni Anjalidan iltimos qiladi. Arnav, Payyal va Akash sharafiga uyushtirilayotgan oqshom haqida xabar qiladi. Kxushi va Nanda oqshom chog‘i hind urf-odatlariga ko‘ra raqs tushib, qo‘shiq kuylashni rejalashtirishadi. Kxushi, Shyamning asl maqsadini bila oladimi? 
  • Kxushining Arnavdan jaxli chiqqan. Arnav oqshom vaqti hindcha urf-odatlar bo‘lishini istmayapti. Akash, Kxushi orqali Payyalga maktub berib yuboradi. Kechroq Akash ularning xonadoniga tashrif buyuradi. Kxushi kutilmaganda to‘pig‘ini qayiltirib oladi va oqshomga borolmasligini aytadi. Bu orada Nanduga bir iltimos bilan murojaat qiladi. Qiziq, Kxushi Nanduga nima dedi? 
  • Kxushi, Nanda Kishore bilan juftlik  sifatida tashrif buyurishini eshitgan Arnav darg‘azab. Mehmonlarning zerikkanini bilgan Kxushi tashabbusni qo‘lga oladi. Nandu Kishore bilan birga u hindcha musiqaga raqs tushadi. 
  •  Oqshomdan so‘ng Arnav, Kxushini kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Ammo u Nandu bilan ketayotganini aytib rad etadi. Ikkala oila hindcha rasm-rusmlarga ko‘ra to‘y marosimiga hozirlik ko‘rayapti. Tayyorgarlik  vaqti  Anjali, maxsus yollangan xoreografni Kxushi  va Payyalga tanishtiradi. Xoreograf Kxushi va Arnavni juftlik sifatida tanlaydi, ammo Arnav u bilan raqs tushishni istamaydi.
  • Kxushi va Nanda Kishorening birgalikdagi raqsi arang epaqayga keladi. Shyam raqs repetisiyasiga qo‘shilib, Kxushinni Anjali bilan urishtirib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Madxumati o‘zi kiygan to‘y libosini Kxushi uchun hozirlaydi.  Kxushi, Arnavning jig‘iga tegish uchun Nandudan foydalanadi. 
  • Xoreograf Kxushi va Arnavdan birgalikda raqs tushishlarini so‘raydi. Ammo ular yana rad etishadi. Shyam, Kxushinning ishonchini qozonish uchun yana reja tuzmoqda. Nanda Kishorening fikricha, inson o‘z muhabbatini yangi yil oqshomida ham uchratishi mumkin. Nega u bularni xayol qilayaptiykin?
  • Madxumati o‘zining to‘y libosini Kxushinga sovg‘a qiladi. U Garima bilan birgalikda kuyovning oilasi uchun beriladigan sovg‘a-salomlarni muhokama qiladi. Anjali to‘y kuni raqs tushishdan bosh tortadi. Arnav, telefonda Kxushi bilan suhbatlashayotgan Nandi Kishoreni uchratib qoladi. 
  • Payyalni  tashqariga chiqishga ko‘ndira olmagan  Akash, uyga kirish yo‘lini izlaydi. Madxumatining ko‘ziga ko‘rinmaslik uchun Akash stol tagiga yashirinadi. Shyam Anjalining joniga qasd qilmoqchi. Shu maqsadda uni hovuz yoniga olib kelib, itarib yuboradi. 
  • Manoramaning eri Anjalini qutqarib qolib, Shyamning rejasini chippakka chiqaradi. Madxumatidan berkinayotgan Akash bexosdan stolga urilib ketadi. Nanda Kishore ham yarim tunda Akashdek yo‘l tutib, o‘g‘rincha uyga kiradi. Maqsadi Kxushinni ko‘rish.  Arnav, telefonni olish uchun Kxushinning xonasiga keladi. 
  • Kxushi norozilik kayfiyatida Arnavga baqiradi. U bo‘lsa, uydagilarni uyg‘otib yubormaslik uchun pastroq ohangda gapirishini so‘raydi. Nandu Kishore, Kxushinning xonasi qarshisida. Turfa xayollar bilan eshikni oxista chertadi. Unga Madxumati peshvoz chiqadi.  
  • Kutilmagan uchrashuv uchun Kxushi va Arnav bir-birini ayblaydi. Arnav va Akash, Nandu Kishorening yo‘liga g‘ov bo‘lishadi.  Tun yarmida Anjali, Shyamning yuziga tikilib qaraydi. U bo‘lsa, bu onda Kxushinning suratini tomosha qilayotgandi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8750 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
guli7077 hm rahmat. admin sovolm bor arnav blan khuwini t6yi b6ladku. Arnav khuwiga manga turmuwga cqmasen akaw blan payalni t6yini bzaman did. Nega wu haqda t6lg'ro yozmadila
Like | 0
Sanobar Exey buyog'i zör bölarkanku. Faqat bir narsaga tuwunmadm Kushi Shyamni asil bawarasini biladimi uni kimliginichi... Buyog'i nima bölarkan...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное