“Muhabbat tafti”:Anjali farzand kutayapti (Voqealar rivoji)
Siz sevib tomosha qilayotgan serialning voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz. Kxushi va Arnav munosabatlarida keskin burilish. Dil izhori, uyushtirilgan jinoyat va to‘y!
• Nanining Rayzadlar oilasi bilan aloqani uzishi haqidagi po‘pisasi Manoramaga ta’sir ko‘rsatib, Payyalni qabul qilishga rozi bo‘ladi. Arnav, Kxushining jarohatidan havotirda. Yuzaga kelgan vaziyat ularni yaqinlashtiradimi?
• Arnav, Kxushinning jarohatini bog‘laydi. Ularning birga qaytgani Shyamning g‘ashini keltiradi. Anjali va Nani esa ikkisining munosabatidan xursand. Kxushi, Arnav tomonidan sotib olingan bilakuzukni topib olib, hushidan ketadi.
• Bilakuzuklarni Kxushinning qo‘lida ko‘rgan Arnav juda xursand. Ammo sir boy bergisi yo‘q. Kxushi, Arnavning jaxlini chiqarish uchun Anjali bilan bilakuzuklar ma’qul kelmaganini haqida suhbatlashadi.
• Kelin libosini olib borish bahonasida Arnav, Kxushi bilan uchrashib qoladi. Nigohlar to‘qnashib, ikkisi ham ajib tuyg‘ular asiriga tushib qoladi. Anjali avtomobilining tormozini ishdan chiqargan Shyam, yana jinoyat rejasini tuzmoqda. Nima uchun u Anjaliga qasd qilmoqchi?
• Mehmonlarga taomlarni ulashishda ko‘maklashayotgan Arnav, Kxushinni hayron qoldiradi. Kxushi, Rayzadlar xonadoniga qarindoshlarini olib kelib, ularni Nani bilan tanishtiradi. Shyam, Anjalining o‘limini kutmoqda. Arnav, Kxushinga sevgi izhor qiladimi?
• Payyal uning uchun tayyorlangan narsalarni ko‘rib, ko‘ngli bo‘shab ketadi. Arnav, Kxushi bilan suhbatlashib olmoqchi. Nani, Anjaliga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq uyga qaytishini so‘raydi. Yo‘l-yo‘lakay Anjali mashina boshqaruvini yo‘qotadi. Shyam, Anjalining taziyasiga o‘zini tayyorlamoqda. Anjali omon qolarmikan?
• Akash to‘ydan keyingi hayotini o‘ylab, sarosimaga tushgan. Nani, Anjalining avtohalokatga uchraganidan xabar topib bu haqda Arnavga aytadi. U voqea joyiga ketadi. Ammo endi kech emasmi?
• Arnav, Anjalining jarohatini bog‘laydi. Shu orada Kxushiga bo‘lgan munosabatlari haqida gapirmoqchi bo‘ladi. Xabarni o‘qigan Kxushi katta yo‘lga chiqib, Arnavni kutib olmoqchi edi. Biroq uni Shyam qarshi olib, quchoqlaydi. Kxushi uning bag‘ridan otilib chiqib, qochishga harakat qiladi. Shu payt ularni Arnav ko‘rib qoladi. U bunga qanday munosabat bildiradi?
• Shyamning Kxushiga dil izhorini eshitgan Arnav tushkunlikka tushgan. Biroq Kxushi uning sevgisini rad etib, mendan uzqroq yur deydi. Anjalining tirik qolgani Shyamni taajjubga soladi. Axir u taziya bildirishga shay edi-da.
• Anjali farzand kutayotgani haqida Arnav va Shyamga ma’lum qiladi. Shyam, bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishni zimmamga olaman deydi. Bu orada Kxushi, Shyam to‘g‘risidagi haqiqatni Arnavga aytishga shaylanadi. Akash va Payyal to‘yga hozirlik ko‘rishayapti.
• Arnav kirib kelishi bilan Payyal va Akash bir-biri bilan gulchambar almashishadi. Arnav, agar Kxushin aytganimga kirmasa to‘yni to‘xtataman deydi. Kxushi rozi bo‘ladi. Ikkisining kelin-kuyov sifatida chiqib kelishi yig‘ilganlarni shoshirib qo‘yadi. Anjali va Nani dab-durustdan uyushtirilgan to‘yning sababini tushuntirishni talab qilib, Arnavni siquvga olishadi. Ammo u jim...