Moskva viloyatida yuk poyezdi 2 o‘smir qizni urib ketdi
Moskva viloyatida 15 yoshli ikki o‘smir qiz poyezd ostida qolib halok bo‘ldi. Tergovchilar hodisa sabablarini tekshirmoqda, deya xabar berdi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva viloyatining Stupinskiy tumanidagi dala hovlilarda dam olayotgan moskvalik 15 yashar ikki qiz Moskva temir yo‘lining Privalovo Paveletskiy stansiyasi hududida bo‘lgan.
Shu paytda stansiyada yuk poyezdi harakatlanayotgan edi. Uning mashinisti favqulodda tormozni qo‘llagan, biroq jabrlanuvchilar yaqin masofada joylashganligi tufayli ularni bosib ketgan. Yetkazilgan shikastlar oqibatida har ikkala qiz voqea joyida halok bo‘lgan.