“Million”ni tark etganlar “Milliy art” jamoasini tuzdi (video)
Biroz vaqt muqaddam “Million” guruhi uzoq yillik hamkorlikdan so‘ng parchalanib ketgan, bu jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi, deb yozadi “Xabar.uz”.
“Million” guruhining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi chog‘ida guruhdan nega chiqib ketgani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, sobiq “millionchilar” bilan tuzilgan yangi — “Milliy art” guruhi rejalari haqida ham fikr bildirdi.
Uning aytishicha, shu yilning sentabr oyida jamoa ilk konsertini beradi. E’tiborlisi, ularning hazillarida “beldan pastga tushish” bo‘lmaydi.