Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Million”ning konserti so‘nggi kuniga chiptalar hamon sotuvda




Avvalroq, “Million” jamoasining konsert dasturi kunlariga yana uch kun qo‘shilgani haqida xabar bergan edik. Jamoa a’zosi Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali 19-20-21 sentabr kunlari ham konsert dasturi bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi.

Ayni kunlarda tahririyatimizga “Million”ning ko‘plab muxlislari qo‘ng‘iroq qilib, jamoaning galdagi konsertiga chipta sotib olish muammo bo‘layotganini aytib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligi borasida maslahat so‘rashmoqda. Biz ushbu savollarga javob olish maqsadida jamoa sardori Bekzod Komiljonov va Davron Kabulov bilan bog‘landik.

Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi: 
— Konsertimiz reklamalari televideniye va radiolarda berilmagan bo‘lsada, 14-18 sentabr kunlariga belgilangan dasturning chiptalari oz vaqt ichida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. So‘ng talablarni inobatga olgan holda konsert kunlarini yana uch kunga ko‘paytirdik. Bugun, 21 sentabr, konsertning so‘nggi kuni. Muxlislarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, ortiqcha shov-shuvlarga aldanib qolishmasin, chiptani saroy kassalaridan xarid qilishlari mumkin.

Bekzod Komiljonov, “Million” jamoasi sardori:
— Konsertga chipta qolmagan degan gaplar bo‘hton. Biz ana shunday holatlarning olish va muxlislarimizning chayqovchilarga aldanib qolishlarini istamaganimiz uchun ham konsert kunlarini yana uch kunga ko‘paytirgan edik. Gazetalar va internet saytlari, umuman, OAVlarga chipta qolmagan, degan gaplar bilan qo‘ng‘iroq qilayotganlar avval saroy kassalariga murojaat qilib ko‘rishsin. Mana hozir ham kassada turibman, odamlar bemalol chipta xarid qilishyapti.

Darhaqiqat, jamoa a’zosi Davron Kabulov ta’kidlaganidek, “Million”ning navbatdagi konsert dasturi reklama roliklari TV va radiolarda taqdim etilmadi. Shahar ko‘chalarida esa afishalarga ham ko‘zimiz tushgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘tarilgan shov-shuvlarning o‘zi “Million”ning minglab muxlislarini “Istiqlol” san’at saroyiga jamladi. Bu ham jamoaning muxlislar orasida katta obro‘ topganidan dalolat. Har holda 4 kun reklama konsert qo‘yish va talablarga ko‘ra, konsert kunlarini uch kunga ko‘paytirish, bu ham yetmagandek, shanba va yakshanba kunlari soat 15:00da ham muxlislar qarshisiga chiqish manaman degan san’atkorlarga ham nasib etmaydigan holat. Ikki yarim yillik tanaffus “Million”ning qadrini ancha oshirganini kundek ravshan qilib qo‘ydi.

Ayni vaziyatda biz konsertning tashkiliy masalalari va chiptalar bilan bog‘liq savollarga e’tibor qaratdik, xolos. Tomoshada aytilgan gaplar, uning ma’naviy qiyofasiga birozdan so‘ng nazar tashlab, g‘alvirni suvdan ko‘taramiz.

 
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7278 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Million
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное