Davron Kabulov boshchiligidagi “Million” jamoasi bir muddat tanaffusdan keyin konsert berishini ma’lum qildi.
“Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, yechimi bilan berganiga Allohga bexisob shukr! Sog‘inchingizga munosib bo‘lishga qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Biz roppa-rosa 2,5 yil kutgan konsert”,—deb yozadi Davron Kabulov o‘zining “Instagram”dagi sahifasida.
Jamoaning konsert dasturi 15-18 sentabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.