Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"Miiliy ART" yashirgan sirni "O‘zbekkonsert" fosh etdi!

“Million” qiziqchilar jamoasidan chiqib ketgan ishtirokchilar biroz vaqt o‘tmay “Milliy Art” nomi bilan aloxida qiziqchi gurux bo‘lib chiqishi xaqida e’lon qilib, xattoki ushbu nom yozuvi bilan fotosessiya xam taqdim qilishgandi. Bugundan esa instagram olamida “aylanayotgan” “Xalqlar do‘stligi”da beriladigan konserti reklamalarda Otabek Mirzaxolov, Shaxlo Zoirova, Umid Umarov va Axmad Temurovlar shunchaki ism va familiyalari bilan ko‘rsatilmoqda.
Avvaliga Otabek Mirzaxolov bilan bog‘landik.
Sayyod.com: Nima uchun e’lon qilingan “Milliy Art” nomi bilan chiqmaydigan bo‘lyapsizlar?

Otabek Mirzaxolov:- Uzr, ammo bu savolga javob berolmayman.

Sayyod.com: Boshqa qiziqchi guruxlardan sizlarniki nimasi bilandir farq qiladimi yoki “Million” jamoasi stilidek bo‘ladimi?

Otabek Mirzaxolov: -Muxlislar uchun qo‘ldan kelganicha eng yaxshi konsertlardan birini qo‘yamiz. Bizni konsertda barcha xazillar jamoaviy bo‘ladi, chiqishlar xam. Yakkalik chiqishlar bo‘lmaydi.

“Milliy Art “ xaqida javob olish uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi raxbari Odil Abduqaxxorovga bu savol bilan murojaat qildik.

Odil Abduqaxxorov:- “Milliy Art” nomini e’lon qilishganida chaqirib xuddi “Million”dek bir xil nom tanlashgani xaqida aytdik va umuman olganda milliy art degani bu milliy san’at demak, shunday ekan milliy san’at reglamenti bo‘yicha ishlay olasizlarmi?-deya savol berdik xamda agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa bu yaxshi, milliy san’at deb qiziqchilik jamoasiga nom qo‘yildimi demak milliy san’atga aylantirdi demak. Mana shu tushuncha doir ijodni talab qilsak, ertaga taqdim etiladigan ijodlari milliy san’at darajasida bo‘ladimi deb so‘raganimizda shu taraflarini o‘ylashmagani va nomni o‘zgartirishi xaqida aytishdi.

Demak yangi qiziqchilar jamoasi konsertni rejalashtirib qo‘yib keyin yangi nom tanlashga ulgurmagan yo konsertni shunchaki nomlari bilan o‘tkazishga qaror qilishgan. Ammo buni yashirishga ne xojat?

Konsert dasturi reklamasida va’da qilinayotgan “Xamma avjiga chiqadi” qanday bo‘lishini esa albatta kuzatamiz va sizlar bilan bo‘lishamiz.

Eslatib o‘tamiz, “Million” qiziqchilar jamoasidan chiqib ketgan bu to‘rtlikni jamoadan chiqib ketishligi xaqida xar ikkala tarfadan xam aniq bir javob bo‘lmagandi va shou-biznes olamida bevosita ularga yaqin bo‘lganlar bergan norasmiy xabarlarga ko‘ra muammo bu to‘rtlikni tirikchilik istab to‘y xizmatlariga chiqishidan chiqqan ekan.

Bu esa “Million” jamoasi va shaxsan jamoada asosan boshlovchilik qiladigan Davron Kabulov tarafidan qo‘yilgan jamoani imidjiga to‘ylarga chiqish to‘g‘ri kelmasligi tartibi bilan bog‘liq nizolar chiqqanini aytishmoqda. Orada liderlikka kurash , o‘z fikri va tartibiga bo‘ysundirish va xarakterlar aro kelishmovchiliklar xam yo‘q emas deyishmoqda.

O‘z o‘rnida garchan boshlovchi sifatida bo‘lsa xam ammo Davron Kabulovni o‘zi xam tirikchiligi aynan to‘y xizmatlaridan ekani sir emas.

"Milliy art" yangi jamoaga siz nima nom tanlagan bo‘lar edingiz?
Nodira To‘rayeva tayyorladi.


Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8872 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Milliy art, Million, konsert
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное