Maksim Galkin Alla Pugachyova uchun cherkov quradi
Rossiyalik taniqli komik Maksim Galkin o‘z rafiqasi Alla Pugachyova uchun gotika uslubida cherkov bunyod etadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
StarHit portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Galkin ushbu cherkovni ancha yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan “Gryaz” qishlog‘ida joylashgan o‘zining qasri yonida qurmoqda.
Ta’kidlanishicha, shoumen ushbu cherkovni Alla Pugachyovaning 70 yillik yubileyiga sovg‘a sifatida bunyod etadi.
Rossiya xalq artisti Alla Pugachyova Maksim Galkinga turmushga chiqqanidan so‘ng dinga e’tibor qaratadigan bo‘lgan.