Alla Pugachyova ozish uchun oshqozonining bir qismini kestirdi
Rossiyalik dietologlar ilk marotaba Alla Pugachyovaning ozish sabablari sirini ochishdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Ular mashhur yulduz oshqozon rezeksiyasi operatsiyasini boshdan o‘tkazganligini ma’lum qilishdi. Mazkur operatsiyada oshqozonning ma’lum bir qismi kesib tashlanadi. Dietolog Krivsovaning aytishicha, bu xavfli jarayon Alla Pugachyovaning ozishiga sabab bo‘lgan.
Oshqozon rezeksiyasi o‘smalar o‘sganda, oshqozon yarasida va semirishning og‘ir formasida amalga oshiriladi. Alla Pugachyovaning yurak-qon tomir kasalligiga chalinganligi tufayli bunday operatsiya jiddiy asoratlar qoldirishi mumkin.
Naq 30 kilogrammga ozgan Alla Pugachyova garderobini to‘liq o‘zgartirdi. Undan bunday muvaffaqiyatga qanday erishganligi so‘ralganda “Hech kimdan yashiradign sirim yo‘q. Hayotni, odamlarni seving! Shunda hammasi joyida bo‘ladi!” deb javob berdi.