Maksim Galkinning bolaligi Buryatiyada, Sosnoviy Bor harbiy shaharchasida o‘tgan. Bu yerda uning otasi general mayor bo‘lib xizmat qilgan. Maksim yuqori sinfga o‘tganda, uning oilasi Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Bo‘lg‘usi artist RDGU filologiya fakultetining tilshunoslik bo‘limiga o‘qishga kirgan va uni tugallab, aspiranturaga qabul qilingan. Uning dissertatsiya mavzusi Hyote qalamiga mansub "Faust" asarining ruscha tarjimasiga bag‘ishlangan.
Biroq bolalik damlaridanoq namoyon bo‘lgan aktyorlik qobiliyati uning filologiyaga bo‘lgan qiziqishidan ustunlik qildi. Avval u MDUning Talabalar teatrida, so‘ngra Moskva estrada teatrida o‘z iste’dodini ko‘rsata boshladi. Uning ijod yo‘li juda muvaffaqiyatli kechdi. Ilk yillardanoq u tortinchoq debyutantdan ommaning sevimli artistiga aylandi.
Bugungi kunda Rossiya estradasida Maksim Galkinning raqiblari yo‘q. O‘zining 40 yilligini u xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan holda, shuningdek Rossiya Primadonnasining turmush o‘rtog‘i va ikki farzandning otasi sifatida qarshi olmoqda.