Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan, notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.
Shuningdek, loyihada mahkumlar uchun mazkur xona veb-kamera hamda dunyo axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanishi keltirilgan.
Ushbu qaror loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.