56 yoshli pop-qirolicha Madonna Rolling Stone nashriga bergan intervyusida hamkasbi Ledi Gagani qo‘shiqlaridan birini “vijdonsizlarcha o‘g‘rilaganlikda” aybladi,deb yozadi “Segodnya.ua”.
“Uni mening tojimga ega bo‘lmoqchi deb ayta olmayman… Biz ayollarni bir-biriga qarshi gij-gijlash avj olgan zamonda yashayapmiz, — dedi Madonna intervyuda. — Men Ledi Gagani faqat bir marta — qo‘shiqlarimdan birini vijdonsizlarcha o‘g‘irlagan paytida tanqid qilganman xolos”. U Ledi Gaganing aynan qaysi qo‘shig‘ini “o‘zlashtirgani”ga aniqlik kiritmadi.
Biroq Madonna ayblovlardan darhol maqtovlarga o‘tib ketdi va Ledi Gaganing iste’dodli qo‘shiqchi ekanligini tan oldi.