Lolaning yangi klipi Rayhonning muxlislarini g‘azablantirdi
Xonanda Rayhon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga yangi surat joyladi va uni quyidagicha izohladi:
“Sevimli insonlarni yurakdan yulib tashlab bo‘lmaydi. Ularni vaqtincha tark etish, unutish, aldash mumkin. Biroq, yo‘llar baribir ular tomon chorlaydi. Sevimli insonlarning xatolarini kechirish darkor. Sevimli insonlar “sobiq” bo‘lmaydi. Sevimli insonlar bizning dunyoimizni yoritguvchi quyosh kabidir”.
Bu co‘zlardan ta’sirlangan muxlislarning aksariyati xonandaning hamkasbi Lolaning yangi “Sog‘indim” klipini muhokama qilmoqda.
“Dugonam deb yurganingiz Lola atayin Yigitali bilan klip qilib, unga yopishib, o‘zini unga yaqinlashtirdi, shu yaxshimi endi? Yigitalidan boshqasi qurib qolganmi Lolaga? Nega aynan sizni eringiz bilan?”, —deb yozdi foydalanuvchilardan biri. “Bu hasad, bilasizmi? Unga unaqa er nasib qilmagan bo‘lsa-da, bitta klipda Yigitali bilan bir umr hayot kechirganday bo‘ldi Lola? Lola o‘zini sizni o‘rningizda tasavvur qilib ko‘rdi”
Rayhon muxlislarining izohlarini javobsiz qoldirdi. Ikki guruhga ajralgan internet foydalanuvchilari esa Lolaning yangi klipi muhokamasini davom ettirdi.
“Uzr siz mendan xafa bo‘lishingiz mumkin, lekin ‘Sog‘indim’ klipini ko‘rib, men shu narsani tushundim. Loladan xafa bo‘lib, ko‘nglim qolib ketdi”,—deydi muxlislardan biri.
Yana bir foydalanuvchi esa tobora qattiq bahsga kirishgan muxlislarni tinchlantirishga urindi:
“Odamlar, tinchlaninglar, agar Yigitali Lolaning klipida rol ijro etgan bo‘lsa, bu ularning Rayhonning jig‘iga tegish uchun hamkorlik qilganini anglatmaydi. Ular ‘Jonim sog‘indim’ klipida ham birga rol ijro etgan edi. Rayhon bunga e’tibor bermagan bo‘lsa kerak, chunki Lola va Yigitalining har ikkalasi ham ijodkorlar”.
Biroq, Rayhonning ashaddiy muxlislari Lolani tanqid qilishda davom etdi:
“Lolani men ham hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman, ammo unaqa klip olishlarini tasavvur qilmagandim. Bizni o‘zbekchilikda ayollar begona erkaklar bilan unaqa quchoqlashishlar, bu gunohku, xoh san’atkor bo‘lsin, xoh oddiy inson. Musulmonchilikka umuman to‘g‘ri kelmaydi. Bu safar oshirvorishibdi”
“Men bunga ishonolmayapman. Lola ‘Sog‘indim’ klipiga qadar mening sevimli xonandam edi. Men bu klipni ko‘rib, yig‘ladim Rayhon uchun. Olloh hamma narsani ko‘rguvchi va bilguvchidir. Rayhonning ikki bolasini gunohini oldi Lola. Men undan nafratlanaman.”
Ayrim foydalanuvchilar esa bu shunchaki klip ekanligini ta’kidlash bilan ovora bo‘ldi:
“Bunga faqat klip sifatida qarash kerak. Agar Lola va Yigitali hayotda shunaqa ish qilganida unda gapirish o‘rinli bo‘lardi. Kino, klip—bu hammasi kasb.
“Sizlarga o‘xshagan ongi past odamlarni endi ko‘rishim. Yigitali ishlamasa alfons, ishlasa yana gap, qanaqasizlar o‘zi? Rayhonning Yigitali bilan ishi yo‘q. Sizlarga kim qo‘yibdi begona erkakni muhokama qilishni? O‘zi sizlar san’at nima ekanligini bilasizlarmi?”,—deb yozdi Lolaga nisbatan ayblovlardan darg‘azab foydalanuvchi.
Ma’lumot uchun, xonanda Lola kuni kecha telekanallar va internet saytlari orqali yangi klipini muxlislar e’tiboriga havola qildi.
E hamma ozini bilsin, oldin ozlariga boqiwsin osmondegi oy bolsaham be ayb parvardigor hopmi? Lola ozini yonaliwiga ega talantiyam bor, Rayhon i Yigitalini problemalariga uni aralashtrmasli kere
To'g'risiyamde ozi bladi lola rayxonni qattiq azobda qolganini, bowqa yigitla yog'mi nma? Boru "Aziz Rametov" "Adiz Rajabov" "Ulug'bek Qodirov" kelib kelib nma endi yigit ali? Nma endi bu o'lganni ustiga tepishmi, LoLa Yaqxwi Qimadiz lekin, Bilmadim Balki uzizcha Obroy Topaman dep nabarot yoqotdiz!!!