Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kaniza: Lola, Rayhon, Benom, Ozodbek Nazarbekov g‘oyalarimni o‘g‘irlashmoqda

Bugun xonanda Kaniza konserti oldidan musiqiy matbuot anjumanini o‘tkazdi. Unda yurtimizda  faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ishtirok etdi. Avvaliga Kaniza “O‘zbegim” hamda “Yor-yor” qo‘shig‘ini kuylab berdi. So‘ng matbuot anjumani ishtirokchilari qatoriga o‘tirdi.

“-Ayni damda konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Boshqa xonandalar konsertiga oylab tayyorgarlik ko‘rsa, biz bir hafta oldin boshladik. Ko‘plab sovg‘alar tayyorlamoqdamiz. Buning barchasini konsert dasturida o‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘lasiz. Savollaringiz bo‘lsa berishingiz mumkin.”-dedi gap boshladi xonanda Kaniza matbuot anjumanida.

-Konsertingizda haqiqatdan ham to‘yingiz bo‘ladimi? -Ha, shu kuni tug‘ilgan kunim, ijodimni 10 yilligi va to‘yim bo‘ladigan kun. Biz kelishgan holda to‘yni konsert bilan birgalikda o‘tkazishni rejalashtirdik. Bu qarorga kelish oson bo‘lmadi. Biroq harajatlarni tejash uchun ham shunday qildik. Bilasizki, shu kunlarda to‘y kim o‘zariga bo‘lib o‘tmoqda. Ayniqsa xonandalar orasida. Biz esa sarf-harajatlarni tejab, kerakli narsalarimizga ishlatishga ahd qildik. Shu sababli ham konsertni bir kun qilib belgiladik. 2-3 kun bo‘lsa oldindan ishlab chiqilgan ssenariy asosida bo‘lishi kerak edi. Lekin men haqiqatdan ham o‘sha kuni turmushga chiqaman va boshqa kunlari rol o‘ynashni istamadim.

-Kuyov kim? Uni ommaga ko‘rsatasizmi? -Turmush o‘rtog‘im san’atga umuman aloqasi bo‘lmagan inson. Ular tadbirkorlar. Yoshimiz ham teng. Konsert dasturimda albatta ularni ko‘rasiz. -Tadbirkorlar san’atga unchalik qiziqish bildirishmaydi. Ularni rozi qilish oson kechmagandir? -Ha to‘g‘ri aytasiz. Ular boshida rozi bo‘lmadilar. “-Men aktyor yoki xonandamidimki, sahnaga chiqaman” – deya jahl ham qildilar. Ularni rozi qilish oson bo‘lmadi. Bir amallab ko‘ndirdim.

-Uy-ro‘zg‘or ishlariga tayyormisiz? Kelinlik vazifalari degandek? -Albatta. Istasam-istamasam qaynona-qaynotamni xizmatlarida bo‘laman. Kelinlik vazifalarini bajaraman. To‘ydan keyin  ijodimni davom ettirish yoki davom ettirmasligim ham noma’lum. Ijodimni to‘xtatishim ham mumkin. Bu konsertim ohirgi bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ham, uni noodatiy o‘tkazishga qaror qildim. Oldindan bir narsa deya olmayman. Shu kabi savollarga xonanda javob berar ekan, konsert boshqa hamkasblariniki kabi bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi. U sahna ko‘rinishlari, imidji, qo‘shiqlari va raqslari bilan ajralib turishga harakat qilmoqda. Shuningdek, xonanda so‘nggi kunlarda uning ijodida kuzatilayotgan va ayni damda judayam jahlini chiqarayotgan muammoga alohida to‘xtalib o‘tdi.

-Hammangiz yig‘ilganingizdan foydalanib, bir mavzuni ko‘tarmoqchiman. So‘nggi kunlarda mening ijodimdagi qo‘shiqlardan  ko‘chirayotgan, g‘oyalarimni o‘g‘rilayotgan xonandalar ko‘payib ketmoqda. Ijodimni kuzatgan bo‘lsangiz, men hech kim kuylamagan mavzularni ko‘tarishga harakat qilaman. Biroq bir necha hafta yoki bir necha oy o‘tishi bilan boshqa bir xonanda aynan men tanlagan mavzuda qo‘shiq chiqaradi. Hattoki, so‘zlarigacha ko‘chirishmoqda. Misol uchun, Benom guruhini keltirishim mumkin. Men ularni yoniga borsam, ular “ammasiyu-xolasi” qo‘shig‘imdan ilhomlanib, tarona kuylashganini aytishdi. Mayli degandim. Undan keyin Rayhon “tabib” qo‘shig‘ini mendan ikki oy o‘tib chiqardi. So‘zlarigacha bir xil. So‘nggi yillarda arabcha kuylamagan Rayhon nima uchun aynan meni qo‘shig‘imdan ko‘chiradi? So‘rab-surishtirsam bu qo‘shiqni ham Benom yozib beribdi. Yaqindagina bunday holatlardan xafa bo‘lib, oldindan  ajrashgan ota-onani deb qiynalayotgan farzandlar to‘g‘risida qo‘shiq yozayotganimni e’lon qilgan edim. Hech kim bu mavzuga qo‘l urmas degan niyatda edim. Biroq Ozodbek Nazarbekov konsertdarida aynan shu mavzudagi qo‘shiqni ijro etayotgan ekan. Aytishlaricha so‘zlari ham juda o‘xshash. Kompozitorlar chet el qo‘shiqlaridan ko‘chirib, bizning xonandalarga tarona yozib berishadi. Bungaku mayli, lekin, o‘zimiznikidan o‘g‘irlashlari oshib tushdi. Hattoki, klipmeykerlar ham kliplarim ssenariylarini o‘zlashtirishmoqda. Supurgi bilan chiqsam, boshqasi ham supurgi olib chiqadi. Kir yuvsam kir yuvadi. Bunday holatlarga dugonam Munisa Rizayevaning kliplarini misol qilishim mumkin. Qolaversa, Lola yaqinda chiqargan klipida kal bo‘lib chiqqan. Men ham 7 8 yil oldim “his et haroartimni” qo‘shig‘ida kal bo‘lib chiqqanman. Nega aynan meni ijodimdan ko‘chirishadi. Nima uchun izlanishmaydi? Tasodif desak, ketma-ket tasodif bo‘lmaydiku! Bu holatlardan juda charchadim. Shu bois ushba mavzuni ko‘tardim.”- dedi xonanda Kaniza.

Matbuot anjumani davomida konsertda siz-u bizni hayratlantira oladigan sovg‘alar kutayotganiga amin bo‘ldik. Demak, konsertni kutib qolamiz. Ushbu dasturdan albatta saytimiz orqali batafsil ma’umotlarni  yetkazamiz. Hozircha bizdan yiroqlashmang va yangiliklarni kuzatib boring.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9389 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Benom, Lola, Kaniza, Ozodbek Nazarbekov, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Sadiya LOLA BN RAYHON SHUNGA QARAB QOGANAKANDE... JINNIMI ROSTANAM BU ODAMI ENSASINI QOTIRIB... CHETDAN KO'CHIRSA HAYRON QOMIMIZA... LEKIN O'ZIMIZANI O'ZBEK XONANDALADAN KELIB KELIB ODAM QURIGANDE KANIZADAN KO'CHIRADIMI... HAMMANI O'ZIGA O'XSHATIB AHMO DMOXCHIMI DIMAN...
Like | 0
MUMTOZMAXAL3355 Yoo prosta saaal galatiroooo -D
Like | 0
Azamat4846 Bu aniq tasodif.
Like | 0
5597 Kaniza jinnimi toba >( >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное