Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marotaba "Oltin butsa" sohibiga aylandi
"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda urgan gollari uchun "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritdi. Unga bu mukofotni topshirish marosimi Madrid shahrida o‘tkazilgan.
Ronaldu o‘tgan mavsumda 48ta gol urdi.
Qayd etish kerakki, bu Ronalduning faoliyatidagi to‘rtinchi "Oltin butsa" bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 3 marta shunday mukofotga sazovor bo‘lgan.
Ronaldu dastlab "MYu" a’zosi bo‘lgan vaqtda, 2007-08 yillar mavsumi natijalariga ko‘ra 31ta goli uchun shunday mukofot bilan taqdirlangandi. U "Real" a’zosiga aylangach, 2010-11 yillar mavsumida 40ta, 2013-14 yillar mavsumida 62ta gol urib, "Oltin butsa" mukofotiga ega chiqqan.
Bu mukofot futbolchilarga 1962 yildan beri har yili topshirib kelinadi.