Komil Allamjonov o‘zi o‘qigan maktabni otalig‘iga oldi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zi tahsil olgan umumiy o‘rta ta’lim maktabini otalig‘iga oldi.
Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, u Toshkent shahrining Olmazor tumani, Qoraqamish-2/4, Tansiqboyev ko‘chasidagi 134-maktabda ta’lim olgan.“O‘zim o‘qigan Qoraqamish-2/4, Tansiqboyev ko‘chasidagi 134-maktabni o‘z hisobimdan otalig‘imga oldim”, deb yozadi u.Qayd etilishicha, bu yerni sport maydonlaridan tortib, o‘qish sifati, kitoblar va o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aprobatsiya maktabiga aylantirish rejalashtirilgan.“Xabaringiz bo‘lsa, men o‘zimning "Allamjonov aybdor" kitobimda ham maktab darsliklari bo‘yicha katta loyiha boshlaganimizni va maxsus laboratoriya tashkil etganimiz haqida yozgan edim”, deydi Komil Allamjonov.
Bildirilishicha, yuqoridagi ishlarni ushbu maktab bazasida sinovdan o‘tkazishga qaror qilingan.
“Qoraqamishda ham potensial juda katta. Kim-kim, men buni juda yaxshi bilaman”, deydi u.