Sarvar va Komil juftligi, ya'ni "Benom" guruhi yigitlari 29-30 mart kunlari Samarqand shahrida o'zlarining yakkaxon konsert dasturlari bilan mehmon bo'ladi. Muxlislar talablariga binoan uyushtirilayotgan mazkur konsert dasturi "Benom"chilar o'zlarining eng sara qo'shiqlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.
Demak, konsert dasturlari haqida batafsilroq ma'lumot beramiz. 29 mart soat 14:00da Juma tumanida, shu kuni soat 19:00da esa Nurobod shahrida. 30 mart 14:00da Samarqand tumanida, 17:00da esa Samarqand shahrida Sarvar va Komil o'z yakkaxon konsert dasturlarini ko'p sonli muxlislariga taqdim etadilar.