Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sobiq “Benom”chi Sarvar shou-biznes sirlarini oshkor qildi

“Darakchi” gazetasiga maqola tayyorlash chog‘ida shou-biznesdagi qo‘shiq yaratish harajatlari bilan qiziqqanimizda, san’atkorlardan katta harajatlar talab qilinishiga guvoh bo‘ldik.
Xususan sobiq “Benom” guruhining solisti Sarvar bu borada shunday deydi:
Bugun qo‘shiq yaratish san’atkordan juda katta xarajatni talab etadi. Masalan, taronaga musiqiy sayqal berish va bastakorlik uchun 600 mingdan 3 milliongacha mablag‘ sarflanadi.
Qo‘shiq she’ri 500-600 ming so‘mni tashkil qiladi.
Studiyada xonandaning ovozi bilan musiqani uyg‘unlashtirish 500 mingdan 1 milliongacha borishi mumkin. Klip suratga olish uchun eng kamida 10 million so‘m sarflanadi.
Bitta qo‘shiq mashhur bo‘lishida eng asosiy va eng qimmat xarajat promo qilishga sarflanadi. Radioda bitta qo‘shiqning aylanishi radiostansiya reytingiga  qarab 50 mingdan 200 ming so‘mgacha boradi. Bu qo‘shiqning  bir marta yangrashi uchun ketadigan xarajat.
Telekanallardagi xarajatlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benom, oshkor qildi, shou-biznes sirlari, SARVAR
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное