Yoshlarning sevimli guruhiga aylanib ulgurgan "Benom" guruhi endilikda rasmiy joylarda Sarvar va Komil nomi bilan chiqishlari ma'lum bo'ldi. Guruh yigitlari endilikda o'z nomlarini keng ommaga tanitishni maqsad qildilar. Hozirgi kunda "Benom" guruhi vakillari "Manzil" nomli film uchun bir emas, ikki emas, naqd uchta saundtrek tarona kuylaganlar. "Seni sevaman", "So'rama", "Asalim mani" deb nom olgan qo'shiqlar tez orada o'z muxlislarini topadilar degan umiddamiz. Yaqin kunlarda "Seni sevaman" taronasiga ishlangan videoklipni qarshi olishingiz mumkin bo'ladi.