Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kelasi hafta O‘zbekistonda harorat keskin ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometrologiya xizmat markazi 4-7 iyun kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, 4-7 iyun kunlari respublikamiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. 4 iyun kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5-7 iyun kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
 
Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat  4-5 iyun kunlari kechasi 17-22, kunduzi 30-35, 6-7 iyunda kechasi 19-24, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlari 4-7 iyun kunlari harorat kechasi 20-25, 4 iyun kuni kunduzi 32-37, 5-7 iyun kunlari 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat 4-5 iyun kunlari kechasi 20-25, kunduzi 32-37, 6-7 iyunda kechasi 19-24, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 4-5 iyun kuni kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 4-7 iyun kunlari harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
 
Respublikamizning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 iyunda kechasi 12-17, kunduzi 20-25, 6-8 iyun kunlari kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4003 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное