Ishdan ajralmagan holda birinchi oliy ma’lumotni olish mumkinmi?
“Pravda Vostoka” nashri o‘zbekstonliklarni ko‘pdan buyon qiziqtirib kelayotgan savolga javob olish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari bilan bog‘landi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ikkinchi oliy ma’lumot olishni xohlovchilar uchun sirtqi bo‘lim ochilgan edi.
Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun ikkinchi mutaxassislikdan ko‘ra birinchi oliy ma’lumotni sirtqi bo‘limda olish imkoni yaratilishi ko‘pchilik tomonidan xohish bildirilgan mavzudir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa vazirliklar hamkorligida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi), kechki (smenali) bo‘limlar tashkil etish haqida” qarori loyihasini ishlab chiqqanligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oliy ma’lumot olishni xohlovchi fuqarolar ishlab chiqarishdan uzilmagan holda sirtqi va kechki bo‘limlarda ta’lim olishi imkoniyaga ega bo‘ladilar.