Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone yana bir marta odam o‘limiga sabab bo‘ldi

Britaniyada yashovchi 53 yoshli Mark Kryuger iPhone 5 smartfoni sabab kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, smartfon uning yonida tun bo‘yi zaryadlash uchun suqilgan holda qolib ketgan. Bu haqida The Independent xabar bergan.
Huquq tartibot organlari xodimlari qurilma quvvatlash uchun manbaga ulangan holda qolganini tasdiqladi. The Independent nashrining yozishicha, Mark Kryuger miya shishi xastaligidan aziyat chekkan, o‘z yotog‘ida muntazam o‘tirib, on-layn savdolar qilishni yoqtirgan va doim smartfonni o‘zi bilan birga olib yurgan.
Patologoanatomik tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhumning qonidan hech qanday alkogol topilmagan. Biroq kuchli og‘riq sababli morfin moddasini qabul qilib turgani ma’lum bo‘ldi.
Yong‘in oqibatida Mark Kryuger tanasining 64 foiz qismi kuyib ketgan, yuzning kuyishi esa birinchi darajada. Ko‘krak va nafas yo‘llarida tutun qurumlari aniqlangan.
Tekshiruv bo‘yicha laboratoriya ekspertlari yong‘in sabablarini iPhone 5 smartfonining tun bo‘yi quvvat olish manbaida qolgani, kutilmaganda qizib, yong‘in chiqqanini ta’kidlashdi. Qolaversa, qurilma mato ostida bo‘lgan va havo almashish jarayoni yo‘qligi uchun kichik qizish yong‘inga aylanib ketgan. Bu paytda uyquda bo‘lgan Mark Kryuger tutundan zaxarlanib, hayotdan ko‘z yumgan.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 10118 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное