iPhone ishlatuvchilar bu smartfonni qanchalik ardoqlash kerakligini yaxshi bilishsa kerak. Ammo ba’zida bilib-bilmay “qimmatbaho” smartfonimizga yetarlicha e’tibor bermaymiz. Qanday qilib, dersiz? Huffington Post internet nashri jurnalistlari iPhone tutish bilan bog‘liq 10 xatolikni aniqlashdi va bu haqida sizni ham boxabar etishmoqchi.
1. Smartfonni butunlay o‘chirib qo‘ymaysizmi?
Smartfonni hech bo‘lmasa, haftada bir marta butunlay o‘chirib qo‘yish kerak. Aks holda uning quvvati tez tugab qola boshlaydi. Shu bois iPhone’ni kunduzi bir necha soatga o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.
2. Wi-Fi va Bluetooth doim yoniq holatda qolib ketadimi?
Wi-Fi yoki Bluetoothni ishlatmasdan yoniq holatda qoldirish smartfon quvvatini bekorga sarflash deganidir. Yaxshisi, ularni faqat kerak vaqtda yoqing.
3. Smartfoningizni yomon ob-havoda ham ishlatasizmi?
iPhone juda yuqori va juda past havo harorati uchun mo‘ljallanmagan. Shuning uchun 0 darajadan past sovuqda yoki 30 darajadan baland issiq havoda iPhone quvvati tez tugaydi. Agar noqulay havoda ko‘chaga chiqishga to‘g‘ri kelsa, uni hech bo‘lmasa, cho‘ntakda saqlang.
4. Telefonni kechasi quvvatlashda qoldirmang
Bu noto‘g‘ri odat. Chunki bu telefon akkumulyatorining tez ishdan chiqishiga va telefonning tez o‘chib qolishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab, uni 100 foizga yetkazmasdan quvvatdan uzish tavsiya etiladi. Yaxshisi, qurilmani kunduzi quvvatga to‘lib bo‘lgach o‘chiring. Buning uchun maxsus taymerdan foydalaning.
- Akkumulyatorni butunlay tugatish yoki haddan ziyod to‘ldirish
“iPhone’dagi litiy-ion akkumulyatorlarini 50-80 foizga to‘ldirib ishlatilsa, ular yaxshi ishlaydi”, – deydi akkumulyatorni quvvatlovchi aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Farbe Technik asoschisi Sheyn Broyeski. Batareya quvvatini to‘liq tugatish esa undagi ionlar quvvatni tuta olmay qo‘yishiga olib keladi, deydi Apple kompaniyasi vakillari. Batareyani qisqa vaqt ichida quvvatlash esa batareya ionlarining uzoq vaqt davomida ishlashini ta’minlaydi.
6. iPhone quvvatlagichidan foydalanmaslik
iPhone quvvatlagichlari qimmat turadi, ammo shu bahoga arziydi! Boshqa brendlar quvvatlagichini ishlatish smartfonning yonib ketishi, xatto, portlashigacha olib kelishi ham mumkin.
7. Telefoningizni tozalamaysizmi?
Telefoningizning ko‘rinishi ko‘ngilni aynitadigan darajadami? Undagi mikroblar soni ko‘pligiga ishonasizmi? Apple telefonlarini yumshoq tolali matoda artish tavsiya etiladi. Shuningdek, quvvatlagich ulanadigan portni ham tozalashni unutmaslik kerak. Undagi kirni olib tashlash uchun tish tozalagich, ignadan foydalanish mumkin.
8. Qo‘lda telefon bilan bamaylixotir sayr qilasizmi?
iPhonel ar bahosi “arzon” ekanligini hamma bilsa kerak? Shu sabab, ular bilan ko‘chada yurishda ehtiyotkor bo‘ling. Uni qo‘lingizga ushlab olib, bamaylixotir bulutlar uzra uchib yurmang.
9. Telefonga parol qo‘ymaslik
2013-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone ishlatuvchilarning yarmidan ko‘pi o‘z telefonlariga parol o‘rnatishmaydi. Parol o‘rnatmaslik o‘zingizga qanchalik zarar keltirishini bilasizmi? Parol telefondagi shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishning yagona usuli.
- Har bir dasturning bildirishlarini “yoqib” qo‘yganmisiz?
Bildirishlar mobil qurilma batareyasini “yeb” bitiradi. Mutaxassislar bildirishlar insonning diqqatini buzadi, deb ta’kidlashmoqda. Faqat o‘zingizga kerakli bo‘lgan dasturlarning bildirishlarini yoqib qo‘yish tavsiya etiladi.