Kuni kecha tarmoqlarda iPhone 7ning metall korpusi tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi. Agar ushbu suratlar soxta bo‘lmasa, Apple’ning navbatdagi flagmani yangi rang va ilg‘or audiotizimga ega bo‘ladi.
Italyalik g‘ilof ishlab chiqaruvchi NoWhereElse.fr sayti joylagan suratga ko‘ra, smartfonning orqa paneli noodatiy binafsha rangda bo‘ladi. Ayni damda iPhone 4 xil rangda chiqarilmoqda — qora, oq, tilla va «pushti-tilla» ranglarda.
Bundan tashqari, vspishka joyi o‘zgargan – u bilan birga shovqin dastasi bo‘lgan mikrofon teshigi kamera ob’ektivining yon tomonida emas, tagida joylashgan. Korpusda iPhone 6s kabi proektor mavjud, biroq linzalar uchun teshik biroz kattalashganini sezish mumkin. Bu esa yangi va zamonaviy modulga ega kamera bo‘lishidan dalolat beradi.
Avvallari ham aytib o‘tilganidek, yangi qurilmada 3,5 mm uzunlikdagi quloqchinlar bo‘lmaydi — ularning o‘rniga Apple Bluetooth yoki Lightning ulagichi orqali yoqiluvchi garnitura (eshitish vositasi)dan foydalanishni tavsiya etadi. Biroq suratdagi eng e’tiborli jihat — korpusning yuqori qismidagi ikkita qo‘shimcha dinamik panjaralardir. Bunday ichki audiotuzilma avvalroq iPad Pro 12.9 va 9.7da mavjud bo‘lgan.
Bu va boshqa suratlar shundan dalolat beradiki, 2016 yilning sentyabrida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 7 avvalgi «ayfon»lardan tubdan farq qilmaydi. Antennalarni yashirib turuvchi plastik chiziqlar chekka qismga joylashadi va deyarli sezilmaydi. Bundan tashqari, smartfon chang va namlikdan himoyalana olish imkoniga ega bo‘ladi, degan ehtimol ham yo‘q emas.
Qurilma yanada tezkor ishlaydi — Apple A10 protsessorining faoliyati kengayadi va tezkor grafika, 3 GB operativ xotira (faqatgina ayrim modellarda), 256 GB hajmdagi ichki xotiraga ega bo‘ladi.