Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Soundtreck-Великолепный Век
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ikkinchi jahon urushining 11 ta eng muhim pallasi


Urush butun Yer kurrasi bo‘ylab borar edi; ularning ba’zilari kunlab cho‘zilsa, boshqalari oylab, hattoki yillab davom etayotgandi. Xo‘sh, ikkinchi jahon urushining qaysi janglari eng muhimlari sifatida tarixga muhrlanib qolgan?
«Eng muhim» deganda, albatta, «hal qiluvchi» janglar nazarda tutilmagan yoki bo‘lmasa ularning «eng katta», «eng sharafli», «eng qonli», «eng mahoratli» va «eng muvaffaqiyatli»sini anglatmaydi.  Biz «muhim» deganimizda urushning yakuniga bo‘lmasa-da, keyinchalik yuz bergan harbiy yoki siyosiy voqealarga katta ta’sir o‘tkazgan janglarni nazarda tutdik. Ularning eng qisqasi 90 daqiqa, eng uzog‘i — uch oy davom etgan.
 
1. Fransiya. 1940 yil, may
Benilyuks davlatlari va Fransiya shimolining bor-yo‘g‘i uch-to‘rt haftada tezlik bilan va qo‘qqisdan egallab olinishi manyovrga asoslangan nemischa jang mahoratining eng yaxshi misoli bo‘la oladi.
Bu janglarda nemislar fransuz armiyasining belini sindirib yuborishgan. Hitler G‘arbiy Yevropa ustidan to‘liq hukmronlikka ega bo‘lgan, shundan so‘ng fashistlar Italiyasi ham urushga qo‘shilgan. 1940 yildan 1945 yilgacha bo‘lgan barcha voqealar mana shu g‘alabaning oqibati hisoblanadi.
Nemis armiyasi o‘shanda bir xatoga yo‘l qo‘ygan va alal-oqibat u o‘ta muhim xato bo‘lib chiqqan: ular Britaniya ekspeditsion kuchlarining Dyunkerk orqali qochishlariga yo‘l qo‘yib berishgan. Natijada, Buyuk Britaniya nemislar uchun sezilarli tahdidligicha qolgan va Hitlerning g‘alabasi to‘laqonli bo‘lmagan.
Stalinning ham kapitalistik davlatlarning o‘zaro vayron qiluvchi, uzoq davom etuvchi mojarolarini kutgani ham o‘zini oqlamagan; sovet ittifoqining o‘zi ham tahdid ostida qolgan.
 
2. Britaniya uchun jang. 1940 yil, avgust–sentabr
Bostirib kirishni rejalashtira turib, Lyuftvaffe kuchlari Buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari bazasini, so‘ngra Londonni ham bombardimon qilishgan. Bundan asosiy maqsad havoda tashabbusga ega bo‘lish va Britaniyani sulh imzolashga majburlash bo‘lgan.
Biroq Britaniya radiolokatsion tizimini ishlatayotgan havo hujumidan mudofaa tizimi va qudratli flotga ega edi. Jamiyatning ma’naviy ruhi ham ko‘tarinki edi. Nemislar bora-bora jiddiy yo‘qotishlarga duch kela boshlashdi va keyinchalik kunduzgi bombardimondan, kam samarali tungi ahyon-ahyondagi parvozlarga o‘tib olishdi. Kuz ham kutilganidan sovuqroq keldi va nemislarning ehtimolli bostirib kirish rejasini chippakka chiqardi.
Britaniya uchun janglar Germaniyaga (AQShga ham) Angliyani urushda yengish oson ish emasligini namoyish qilib berdi. Amerikaliklar inglizlarga yordam qo‘lini cho‘zgach, Hitler «yaxshisi SSSR bilan shug‘ullanganim ma’qul», degan to‘xtamga kelgan.
 
3. «Barbarossa» rejasi. 1941 yil, iyun–iyul
SSSRga to‘satdan hujum qilish butun urush davomida Hitlerning eng vayronkor g‘alabasi bo‘lgan; janglar juda ulkan hududda olib borilgan. Vermaxtning birinchi maqsadiga yetilgan: Rossiyaning g‘arbiy qismida qizil armiyani tezda yakson qilingan.
Biroq global maqsad — sovet hokimiyatini ag‘darib tashlab, Rossiyaning butun Yevropa qismini egallashga erishilmagan. Juda dahshatli hujum, nihoyat, vatan himoyachilarini deyarli 1000 kilometrga — Leningrad va Moskva ostonalarigacha chekinishga majbur qilgan. Qizil armiyaga tiklanish uchun vaqt zarur edi; ular bosqinchilarni SSSR hududidan haydab chiqarishga 1944 yilga kelibgina erishishgan.
 
4. Moskva. 1941 yil, dekabr
Qizil Armiyaning 5 dekabr kuni Moskva ostonalarida boshlangan kutilmagan va muvaffaqiyatli qarshi hujumi butun urushning muhimligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi jangi bo‘ldi.
Hali sovet qo‘shinlari oldida ko‘plab og‘ir mag‘lubiyatlar turar, nemislarni esa 1942–1943 yillarda Stalingrad ostonasida bundan-da battar yo‘qotishlarga duch kelish kutib turgandi. Lekin Moskva ostonasidagi bu mag‘lubiyat hitlerchilarning blitskrig rejasi barbod bo‘lganini anglatardi; SSSR bor-yo‘g‘i bir necha oygagina harbiy qudratini yo‘qotgan edi.
Endi shimoliy va markaziy frontlarda sovet qo‘shinlari mustahkam o‘rnashib olgan edi va Uchinchi reyx uchun «holdan toydiruvchi jang» olib borishdan ma’ni qolmagandi.
 
5. Pyorl-Harbor, 1941 yil, 7 dekabr

Jang bor-yo‘g‘i 90 daqiqa davom etgan va u bir tomonlama bo‘lgan esa-da, biroq tarixda u eng muhim janglardan biri sifatida yozilib qolgan. Oltita aviatashuvchi kema va 400 ta samolyot Amerika flotining bosh bazasiga hujum uyushtirgan.
Raqibning flotini falaj qilib, Yaponiya qiynalmasdan butun Janubiy-Sharqiy Osiyoni bosib olgan. «Sharmandalik kuni»gacha o‘zini ikkinchi jahon urushiga nisbatan bosiq va ehtiyotkor tutib turgan Amerika jamiyati o‘z kayfiyatini butunlay o‘zgartirib, Yaponiya va Germaniyaga qarshi to‘laqonli urushga kirishgan — garchi raqibga Tinch okeanida qarshi zarba berish Amerika qo‘shinlarini Yevropaga o‘z vaqtida jo‘natishga monelik qilsa-da.
Oradan uch yil o‘tib Amerikada gullab, meva solgan yaponlarga qarshi kayfiyat insoniyat tarixidagi eng dahshatli qurolning ishlatilishiga olib keldi.
 
6. Miduey. 1942 yil, iyun
Yaponiya floti Miduey (Havai orollarining shimoli-g‘arbiy qismidagi) oroliga amerikaliklarni qopqonga tushirish maqsadida boradi. Aslida, yaponlarning o‘zi qopqonga tushadi va to‘rtta eng yaxshi aviatashuvchi kemasidan ayriladi.
Bu yerda tilga olingan 10 ta jang ichidan faqat shunisigina haqiqatdan ham mutlaqo boshqacha tugashi mumkin bo‘lgan. Midueydagi g‘alabadan so‘ng amerikaliklar Tinch okeanining janubiy qismida strategik tashabbusga ega bo‘lib qolgan.
AQShning Tinch okeani markaziy qismidan turib, faol bostirib borishiga hali bir yarim yil bor bo‘lsa-da, yaponlar shuncha vaqt ichida o‘z mudofaa chizig‘ini barpo etishga ulgurishmagan.
 
7. «Mash’ala» operatsiyasi. 1942 yil, noyabr
Ittifoqchilarning Marokash va Jazoirga tushirilishi oson jang edi: Fransiyaning Vishi hukumati askarlari avval Hitlerga qarshi kurasha turib, tezda boshqa tomonga o‘tib olishadi. Biroq «Mash’ala» ilk strategik hujumkor operatsiya bo‘lgan, boz ustiga, Amerika qo‘shinlari ilk bor Atlentika okeanini kesib o‘tishgandi.
Operatsiyadan so‘ng Tunisda ham g‘alaba qozonilgan, shundan so‘ng Sitsiyaliyaga bostirib kirilgan va Italiya taslim qilingan. Inglizlar tomonidan ishlab chiqilgan va Ruzvelt tomonidan qabul qilingan O‘rta Yer dengizi bo‘yicha strategiya hamda «Mash’ala»ning muvaffaqiyati Normandiyaga ittifoqchilarning tushirilishi 1943 yilda ro‘y bermasligiga olib keldi.
O‘sha noyabr oyida keyinroq Al-Alamiynda yuz bergan jang yanada qonli va Britaniyaning bu urushda g‘olib tomonlardan biri bo‘lishini va’da qilgan esa-da, «Mash’ala» tarixiy istiqbolda muhimroq o‘ringa ega bo‘lgan.
 
8. Stalingrad. 1942 yil noyabr – 1943 yil yanvar
Uch oylik bu jangni urushning burilish nuqtasi, deb atashadi. Stalingraddan so‘ng vermaxt SSSRning birorta yangi hududini egallab ololmagan. 1942 yilning noyabrida o‘tkazilgan va nemis qo‘shinlari yordamdan uzib qo‘yilishiga olib kelgan operatsiya qayta kuch to‘plagan qizil armiyaning harbiy san’ati namoyishi bo‘lgan.
31 yanvar kuni Oltinchi armiyaning Stalingradda taslim etilishi — nemislarning birinchi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ladi. Nemis rahbariyati va fashistlar tomonidan bosib olingan Yevropa aholisi buning ahamiyatini juda yaxshi anglab turishgandi: endi Uchinchi reyx mudofaaga o‘tishga mahkum edi.
 
9. Bryansk/Oryol va Belgorod/Xarkov. 1943 yil, iyul–avgust
Kursk jangi (1943 yilning iyuli) ham ko‘pincha sovetlarning uch buyuk g‘alabasi qatorida tilga olinadi. Bu yoz faslida qo‘lga kiritilgan ilk g‘alaba edi (Moskva va Stalingraddan farqli o‘laroq).
Hitlerning Kursk yoyi bo‘ylab hujum qilishi («Qal’a» (Zitadelle) operatsiyasi) chindan ham to‘xtatilgan, lekin u strategik nuqtai nazardan unchalik ham muhim bo‘lmagan, sovetlar esa katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishgan. «Qal’a»dan so‘ng, Kurskning shimolidan (Bryansk/Oryol — «Kutuzov» operatsiyasi) va uning janubidan (Belgorod/Xarkov — «Sarkarda Rumyansev» operatsiyasi) o‘tkazilgan qarshi hujumlar muhimroq bo‘lgan.
Qizil armiya butun janubiy front bo‘ylab ustunlikni o‘z qo‘liga olgan va saqlab turgan. Uning Dnepr orqali g‘arbiy Ukrainaga — urusholdi chegarasigacha harakat qilishi 1944 yilning fevraliga qadar deyarli to‘xtovsiz davom etadi.
 
10. Normandiya. 1944 yil, iyun–iyul
Buyuk Britaniyada «D» kuni (6 iyun) va undan so‘ng Normandiyada 6 hafta davom etgan harbiy harakatlar eng ko‘zga ko‘rinarli «muhim jang» sifatida tilga olinadi: bu jangning sharofati bilan g‘arbiy Yevropa tezda bosqinchilardan ozod qilinadi.
Texnik nuqtai nazarda hali urush nimaligini bilmaydigan ko‘plab askarlarni La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tkazish juda mushkul ish edi. Shu sabab nemislar har qanday hujumni qaytara olamiz, deb hisoblab turishgan.
«D»  kunidan so‘ng Hitler Normandiya himoyasini mustahkamlashga qaror qiladi, biroq iyul oyi oxirlarida AQSh asosiy hujumkor operatsiyani boshlab yuborgach, abjag‘i chiqqan vermaxt qo‘shinlarining tezda Germaniya chegaralarigacha chekinishdan boshqa iloji qolmaydi.
 
11. «Bagration» operatsiyasi. 1944 yil, iyun–iyul
«D» kunidan uch hafta o‘tib sovet qo‘shinlarining Belorussiyada uyushtirgan qaqshatkich hujumlari Normandiyadagi janglardan ham miqyosliroq bo‘lgan.
Hujum joyining tanlanishida g‘aflatda qoldirilgan nemislar uzluksiz hujum sur’atlaridan to‘liq tushkunlikka tushib qolishadi — olti hafta ichida butun bir armiya yakson qilinadi, sovetlarning katta hududi ozod etiladi, hujumkor bo‘linmalar esa oldinga — Polshaning markaziy qismigacha kirib boradi. «Bagration» ingliz-amerika qo‘shinlarining «Normandiya»dagi muvaffaqiyatining mustahkamlanishiga ham yordam beradi.
Shiddatli qarshi hujum (avgustda Ruminiyadagi mag‘lubiyat ham hisobga olinsa) bu qadar muhim o‘rin tutganiga sabab shuki, urush oxiriga kelib, qizil armiya butun Sharqiy Yevropani o‘z nazorati ostida ushlab turgan edi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3825 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Биз билган ва билмаган малкмотлар учун рахмат
Like | +1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное