Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Choli Qushi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Soundtrack
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qirolicha - Soundterck
. Titanik-soundtreck
Главная » Файлы » Qiziqarli

Ikkinchi jahon urushi fakt va raqamlarda


 

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli urush aql bovar qilmas voqealar bilan ham tarixda qolgan.

1) Ikkinchi jahon urushida o'sha davrda mustaqil bo'lgan 73 ta davlatdan 62 tasi ishtirok etgan va bu jarayon yer aholisining 80 foizini qamrab olgan. Urushga aralashmay qolgan 11 ta davlat ham u yoki bu jihatdan qaysidir tarafga yon bosishga majbur bo'ldi. Jangovar harakatlar 40 ta davlat, uch qit`a va to'rt okeanda olib borilgan. 110 million qurolli askar ishtirok etgan bu urushda taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, 60 million kishi qurbon bo'lgan. Shu bois ham bu urush chin ma`noda haqiqiy Jahon urushiga aylanib ketgani e`tirof etiladi.

Foto: BigPicture

2) Ikkinchi Jahon urushi yillarida O'zbekiston aholisi taxminan 6.5 mln kishini tashkil qilardi. Janglar kechayotgan hududlardan mamlakatimizga 1.5 million nafardan ortiq kishi ko'chirib kelingan va ularning hammasiga bag'rikeng yurtdoshlarimiz o'zlari ham urushni boshidan kechirayotganlariga qaramay bor mehrlarini berishgan. Hozirda Yevropa Ittifoqi aholisi 500 milliondan ortiq va bu ittifoqqa a`zo davlatlar dunyoning eng rivojlangan va boy davlatlari hisoblanadi. Qizig'i bugungi kunda urush hududlaridan qochib borayotgan 1.5 million qochoq bu davlatlar uchun shu qadar muammo bo'lmoqdaki, bu masala ittifoqning darz ketishiga ham sabab bo'lishi hech gap emas.

3) Shu kungacha yagona va umid qilamizki oxirgi atom bombardimoniga Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlari duchor bo'lishgan. AQShlik harbiylar tomonidan Xirosima shahriga reja asosida atom bombasi tashlangan bo'lsa, Nagasaki shahri taqdirning achchiq hazili tufayli bu qurolga nishon bo'lgan. Aslida ikkinchi bomba Kokura shahriga tashlanishi kerak edi, lekin ob-havo uchishga noqulay bo'lganligi sabab uchuvchi bombani Nagasakiga tashlashga qaror qiladi. Yaponiyalik injyener Tsutomu Yamaguti esa ikki marta atom bombasi portlashini boshdan kechirgan insondir. Gap shundaki 1945 yilning 6 avgustida Yamaguti Xirosimada bo'lgan va bomba portlashidan so'ng erta tongda o'zining ona shahri Nagasakiga qochib boradi. Yetib borishi bilan ikkinchi bomba portlaydi. Yamaguti 2010 yilga qadar tirik qolgan va ikki atom urushini boshdan kechirgan oxirgi inson sifatida tarixga muhrlangan.

4) G'alabaga bag'ishlab 1945 yilda o'tkazilgan paradda Yo'lbars nomli it askarlar tomonidan shinelda ko'tarilgan holda olib o'tilgan. Yo'lbars urush davomida 7468 mina va 150 ta snaryadni zararsizlantirib, minglab askarlarni muqarrar o'limdan saqlab qoladi. Urush tugashiga sanoqli kunlar qolganda Yo'lbars og'ir yaralanadi va yurolmay qoladi. Shunda shaxsan Stalinning o'zi shinelini yechib beradi va itni ko'tarib paraddan o'tishga buyruq beradi.

Foto: BigPicture

5) Ikkinchi jahon urushida nafaqat bronepoyezdlar, balki bronedrezin — relsda harakatlanuvchi tanksifat o'qotar qurollardan ham foydalanilgan.

6) Urush paytida Germaniyaga qarshi ittifoqchilar yirik kemalar yasash uchun metall tanqisligiga duch kelishadi. Shunda muzdan kemalar yasash g'oyasi paydo bo'ladi va kulgili tuyulmasin bu g'oya har jihatdan qo'llab-quvvatlanadi. Hatto bitta kema yasaladi ham. Ammo keyinchalik bu loyihaning ish bermasligi anglab yetildi.

7) Frantsuz xonandasi Edit Piaf urush yillarida Germaniya hududidagi harbiy asirlar lagerlarida konsertlar bergan va asirlar bilan suratga tushgan. Keyin bu suratlardan asirlarning suratini qirqib olib, soxta hujjatlar orqali asirdagi fransuzlarga qochishda yordam bergan.

Foto: BigPicture

8) 1944 yilda yapon armiyasi kichik leytenanti Onoda Xiroga Filippindagi Lubang orolida partizanlar otryadini boshqarish va yashirinish buyuriladi. Barcha askarlar nobud bo'lganidan so'ng ham Onoda Xiro changalzorlarda yashirinib, hech qanday dushman bo'lmasada, hududni tark etishga buyruq bo'lmagani uchun 1974 yilga qadar partizanlik harakatini davom ettirgan. Keyinchalik mahalliy odamlar bu orolga kelib, partizanga duch kelganlarida Onoda urush allaqachon tugaganiga ishonmay qurolni topshirishdan bosh tortadi bevosita komandirining buyrug'i bo'lmaguncha qarshilik ko'rsatishini bildiradi. Bir amallab keksa komandirni topib kelishadi va u karnay orqali changalzorga qarab bir necha kun davomida qarshilikni to'xtatishni buyurib turadi. Shundan keyingina keksayib qolgan askar qurolni topshiradi va vataniga qaytadi. Undan “O'tgan umringiz behuda ketganiga achinmaysizmi?”, deb so'raganlarida, “Achinmayman! Chunki men vatanim ravnaqi yo'lida xizmat qildim va buyruqni oxiriga qadar bajardim. Qaytganimda men taraqqiy etgan Yaponiyani ko'rdim va bunda o'zimning ham hissam bor, deb hisoblayman. Chunki har kim o'z ishini sidqidildan bajarishi kerak”, deya javob bergan.



Manba:kun.uz
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 6576 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное