Loladan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tuhfa “Журавли”
Xotira –ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi demakdir. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ deganlaridek, istiqlolning ilk yillaridan buyon bugungi kungacha elimizning taqdiriga daxldor bo‘lgan ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratlarini ulug‘lash maqsadida ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni! Shu munosabat bilan latofatli Lola ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar, beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlab, barchaga tanish bilan “Juravli” taronasini ijro qildi. Mazkur qo‘shiqni aynan bugun xotira va qadrlash kunida xalqimizga taqdim etmoqda. Xonanda tomonidan kuylangan kompozisiya bugungi kun qahramonlari uchun munosib tuhfalardan biri bo‘lishiga ishonamiz.