Ikkilamchi bozorda avtomobillar oldi-sotdisi sezilarli darajada oshdi
Ikkilamchi bozorda avtomobillar oldi-sotdisi sezilarli darajada oshdi
Joriy yilning 1-yarmida avtomobillarga bo‘lgan talab barqaror o‘sishni ko‘rsatdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida sotuvlar talabni saqlab qoldi va shu yil yanvar oyida boshlangan faollik o‘sish tendensiyasini davom ettirdi.
2022 yilning 1-yarmida O‘zbekistonda 712 mingta avtotransport vositasi oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Yil boshidan buyon mamlakatning barcha hududlarida avtomobil savdosi sezilarli darajada oshdi.
Qayd etilishicha, birlamchi bozorda xarid qilingan avtomobillar soni 170 ming donani tashkil etib, 2022 yil shu davriga nisbatan 1,6 barobarga (67 ming) o‘sdi.
Ikkilamchi bozorda o‘rtacha 224 ming dona avtotransport vositasi sotilgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon ushbu ko‘rsatkich 542 ming donani tashkil etdi.