Hafta oxirida havo harorati 17-20 darajagacha tushib ketishi mumkin
27-29 yanvar kunlarida O‘zbekiston hududlariga Shimoliy Qozog‘iston orqali G‘arbiy Sibir hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massalari kirib keladi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida havo harorati iqlimiy me’yordan 7-12 darajaga kam bo‘lgan anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 28-29 yanvarda havo harorati kechalari 11-14 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-20 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha pasayadi.