Bir vaqtlar o‘zbek kinosida omadi chopgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova o‘z davrida kino bozorida eng talabgir aktrisalardan biri edi. Uning ijodida 2010 yildan boshlangan tanaffus filmlardagi bosh qahramonlar rolini boy berishiga sabab bo‘lgan edi. O‘tgan yili aktrisa yana tilga tushdi. Bu gal filmlari bilan emas, balki o‘zidan yosh yigitga turmushga chiqqani bilan... Xullas kino olamida yana ko‘rinmay qolgan aktrisa ayni damda Turkiyada tahsil olyapti. U yolg‘iz emas, turmush o‘rtog‘i Sharof ham Gulchehra bilan bir oliygohda o‘qiyapti.
Gulchehra Eshonqulova ijtimoiy tarmoqlardan Instagram’da ancha faol. U deyarli har kuni o‘z suratlarini ommaga taqdim etib boradi. Uzun sochlaridan voz kechgan aktrisa kuni kecha Turkiyada o‘zi bilan tahsil olayotgan turli millat vakillarini o‘zbek milliy taomlaridan bo‘lmish palov bilan siylaganini ma’lum qildi.
Aktrisani bir ko‘rishda tanishingiz qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarda uni kuzatib borayotgan 32 mingdan ortiq foydalanuvchilarning ko‘pchiligi Gulchehraning o‘zgarib ketganini aytishmoqda.
Eshonqulovaning qachon Toshkentga qaytishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Tez orada Gulchehraning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopov suratga tushgun “Vaqt” filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.