Anchadan beri kinolarda ko‘rinmay qolgan aktrisa Gulchehra Eshonqulovaga muxlislari “Aktrisalikni tashladingizmi?” degan savol bilan murojaat qilishdi. Bu savolga Gulchehra o‘zining Instagram`dagi sahifasida javob berdi:
“Aktrisalikni tashladingizmi?" degan ko‘plab savollarga javobim shu: Yo‘q,albatta. Kasbimni juda yaxshi kuraman!
Kino sohasi bo‘yicha bakalavr va magistraturani bitirganman. Hozirgi kunda kino,radio va televidinie bo‘limida aspiranturani Turkiyada, Istanbulda o‘qiyapman”.
Darvoqe, “Bekajon” gazetasining ma’lum qilishicha, yosh aktyor Sharof Sharapov bilan turmush qurgan aktrisa farzand kutyapti.