Gulchehra Eshonqulova hayotidagi muhim sanani nishonlamoqda
Gulchehra Eshonqulova Sharof Sharapovga o‘z minatdorchiligini izhor qildi. Bugun aktrisa hayotidagi muhim sanani nishonlamoqda.
Bu haqda aktrisa Gulchehra Eshonqulova Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi:
“Azizim! Sizni ushbu ahamiyatli kunimiz bilan qutlayman. Men bilan quvonch va shodlik, g‘am va tashvishni bo‘lishganingiz uchun rahmat. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz, sevgingiz va e’tiboringiz, meni o‘zimni kerakli ekanimni his etishga yordam bergan, bu esa muhim! Ishonamanki, men bilan siz ham huddi shunday yuraklarni ilitadigan hislarni tuyyapsiz. Bizning kunimiz bilan sizni tabriklayman!”