Futbol bo‘yicha Portugaliya Liga Kubogi doirasidagi “Portu” va “Moreyrenshe” uchrashuvini boshqarib borgan Luish Godinyu “Portu” futbolchisi Danilu bilan tasodifan to‘qnashib ketgani uchun uni maydondan chetlatdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Mazkur holat o‘yinning 80-daqiqasida sodir bo‘ldi. Hakam orqamacha yugurib ketayotgan bir vaqtda Danilu bilan to‘qnashib ketdi. Shundan keyin referi aybsiz futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bu Daniluning o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkasi bo‘lgani uchun u maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Besh daqiqadan so‘ng “Portu”ning yana bilan futbolchisi – Yasin Braimi ham maydondan chetlatildi. Natijada o‘yin “Moreyrenshe”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Vaziyatni yuz marta ko‘rib chiqdim va nima uchun hakam bunday qarorni qabul qilganini tushunmadim. Futbolda turli vaziyatlarni ko‘rganman, ammo bunisi sharmandali bo‘ldi.