Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

G‘orlarda joylashgan 10 sirli shahar




Siz hech vaqt insonlar avval qo‘p qavatli uy yoki chiroyli villa, hovuzli kichik dala-hovlida yashashdan avval qayerda kun kechirgani haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? 
Tog‘ ustida qad rostlagan g‘orli uylar o‘n asrlar davomida ko‘plab qabilalarga tegishli bo‘lgan. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida odamlar hamon yashaydi.
Albatta, g‘orlarning ko‘pchiligi zamon talabi bilan o‘zlashtirib olingan. Boshqalari esa allaqachon vayronaga aylangan.  Quyida tog‘lar ustidagi  g‘orlarda joylashgan ajoyib shaharlar bilan tanishishingiz mumkin.

Yanking



Xitoy
Pekindan 80 kilometr uzoqlikda  muhtasham Yanking g‘orlari joylashgan. Aynan shu yerda xitoy tabobatida ajdar suyagi sifatida foydalanilgan qadimiy hayvonlar suyaklari topilgan.  Bu uylar qachon qurilganini hech kim bilmaydi: olimlar bu yerda bor-yo‘g‘i inson yashab o‘tgan 117 g‘or borligini aniqlashgan.


Matmata

Tunis
Bu qurilish sizga nimani eslatmoqda? Albatta, «Yulduzlar jangi»!  Matmatadagi bu an’anaviy g‘orli uylar aholi Tunis cho‘lidagi shu’lalarga qandy qilib moslashganini ko‘rsatadi.


Bamiyan g‘ori

Afg‘oniston
Bir necha harbiylar qo‘shini Afg‘onistonni sayyohlar oyog‘i yetmaydigan maskanga aylantirguniga qadar  Bamiyan g‘ori mamlakatning eng mashhur qadamjosi bo‘lgan. Ular bu yerda tarki dunyo qilib yashagan ikki mingdan ortiq  budda rohiblari  tomonidan qurilgan. Keyinchalik g‘orni Tolibonlar  boshpana sifatida ishlatishgan.


Sassi-di-Matera

Italiya
Uylar tog‘ning o‘zida o‘yib qurilgan, mahalliy aholi esa  Italiyaga kelib joylashgan birinchi kishilar bo‘lgan. 1950 yilga qadar g‘ordan qashshoq aholi qatlami uchun boshpana sifatida foydalanishgan — hukumat bu odamlarni maxsus xonadonlarga joylashtirdi, g‘orda esa sayyohlar uchun yodgorlik qurishdi.

Mesa-Verde

AQSh
Mesa-Verdedagi g‘or uylar Shimoliy Amerikaning yaxshi saqlanib qolgan  arxeologik yodgorligidan biri sanaladi. Aholi bu yerda  1270 yil oxirigacha yashagan, keyin esa ularni  Nyu-Meksiko va Arizona janubiga ko‘chira boshlashgan.


Bandiagara

Mali
Dogonlarning Bandiagaradagi  an’anaviy qishlog‘i  vodiylar ustida tik qoyalar bilan o‘ralgan.  Hozir Bandiagara alpinistlarning sevimli maskani sanaladi.


Vardzia

Gruziya
1100 yillar oxirida malika Tamara odamlarni mo‘g‘ul askarlari hujumidan himoya qilish uchun yer osti ibodatxonasini qurishga buyruq beradi. Qal’a  Erusheli tog‘i ustida qurilgan: 13 daraja, 6000 xonadon, taxt xonasi va qo‘ng‘iroqli cherkov.


Kandovan

Eron
Kandovan g‘orlarida sakkiz asr davomida odamlar yashab kelgan. Qadimiy turar-joydan zamonaviy uyga aylandi. Diqqat bilan qarang: hozirda bu yerda plastik derazalar, elektr kabellari, eshiklar, va hatto, suv quvurlari ham mavjud.


Uchisor

Turkiya
Yuzlab kichik xonalar Kappadokiyaning eng baland nuqtasi  — Uchisor tog‘iga o‘yib qurilgan. Xonalar tunnellar va o‘tish yo‘laklari bilan birlashgan, biroq ularning  katta qismi vayron bo‘lgan.


O‘rtahisor

Turkiya
O‘rtahisor — ikki qavatli uylar bilan to‘lgan tog‘ yon bag‘ridagi bo‘m-bo‘sh shahar. Hozir bu yerda qayta ta’mirlash ishlari avj olgan, tez orada hattoki, mehmonxona ham ochiladi.
 
 
 

 
 
 


Категория: Qiziqarli
Просмотров: 7170 | Рейтинг: 0| Рейтинг: G‘orlar, qiziqarli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное