Biz bilan o‘ylantirib qo‘yadigan 5 qiziq savollarga javob
Boshqotirma, jumboqli savollar ba’zida toliqqan miya faoliyatini charxlab, erkin bo‘lishiga yordam beradi. Biroq ayrim savollar oddiy tuyulgani bilan javobi juda murakkab bo‘ladi. Ularni topa olmay asablar ham harakatga keladi. Quyidagi savollar o‘z aqli va bilimiga ishonganlarni ham o‘ylantirib qo‘yishi mumkin.
savollar
Savol-1: 10 tangadan yuqorini ko‘rsatuvchi uchburchak yasalgan. Faqatgina uch tangani joyini o‘zgartirgan holda uchburchakni pastga qarating.
Savol-2: Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o‘rinda yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz. Siz hozir nechanchi o‘rindasiz?
Savol-3: Bir haydovchi o‘zi bilan haydovchilik guvohnomasini olmadi va bir tomonli yo‘lda qarama-qarshi yo‘nalishga qarab harakatlana boshladi. Buni kuzatib turgan politsiya xodimi uni to‘xtatmadi. Nima uchun?
Savol-4: Bita va koptok 1,10 dollar turadi. Bita koptokka qaraganda 1 dollardan qimmatroq turadi. Koptok qancha turadi?
Savol-5: Ikkita uy yonmoqda: badavlat va kambag‘al. Qaysi uyni politsiya birinchi bo‘lib o‘chirishga shoshiladi?
Javob - 1
Javob-2: Siz ikkinchi yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz va uni o‘rnini egalladingiz, demak siz ikkinchi o‘rindasiz.
Javob-3: Haydovchi piyoda ketayotgan edi.
Javob-4: 5 tsent. Agar koptok 5 tsent bo‘lsa, bita esa 1 dollardan qimmatroq bo‘lsa, u 1,05 dollar turadi. Ularning qiymati 1,10 dollarga teng bo‘ladi.
Javob-5: Qachondan beri politsiya o‘t o‘chirish bilan shug‘ullanmoqda?