Evroosiyo go‘zali tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olindi
“The Queen of Eurasia – 2016” go‘zallik tanlovining ilk g‘olibasi turkiyalik Sibel Demiralp qamoqqa olindi.
Turkiya OAVlari berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, go‘zallik qirolichasi jinoiy to‘daga qo‘shilib, tovlamachilik bilan shug‘ullangan.
Jinoiy guruh boy odamlarga tuzoq qo‘yish vazifasini yuklatgan. Sibel esa bu ishni shu paytga qadar chiroyidan foydalangan holda mukammal bajarib kelgan.
Uning sheriklari so‘roqqa tutilganida, ishga aloqador barcha shaxslarning kimligi oshkor etildi. Shundan so‘ng “go‘zallik qirolichasi” o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish mahkamasiga olib kelindi.
Tergov paytida Sibel Demiralp ko‘zyoshlar to‘kib, qilgan ishlaridan pushaymon ekanligini aytib, yengillik so‘ragan.
So‘roqdan so‘ng, u yana qamoqxonaga yuborilgan. Xabarlarga ko‘ra, Yevroosiyo go‘zali uzoq muddatga qamalishi mumkin.