Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qirolicha - Soundterck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shotlandiyada XVI—XVIII asrlarda jodugarlikda ayblanib, qatl qilingan ayollar afv etiladi

Shotlandiya parlamentining a’zolari yuz yillar avval jodugar deb hisoblangani va go‘yoki kuchli afsun qilgani uchun o‘limga hukm qilingan ayollarni oqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Unda hukumat nomidan rasmiy uzr so‘rash va sehr-jodu bo‘yicha olib borilgan sud jarayonlarining qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatish nazarda tutiladi, deya xabar berdi The Sunday Times.

Afv etish jarayoni 1563—1736-yillardagi hukmlarga tegishli bo‘ladi. O‘shanda ayollarni mutlaqo yot narsalarda ayblashgan: fol ochish, tunda itga aylanish, afsun bilan bo‘ron chaqirish va shaytonlar bilan muntazam uchrashish orqali qirollik flotiga zarar yetkazish kabi. Jodugarlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, barcha mahkumlar gulxanda yoqish bilan o‘limga hukm qilingan.

Qonun loyihasini parlamentga taqdim etish tashabbusi qirollik advokati va “Shotlandiya jodugarlari” guruhining rahbari Kler Mitchell tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lib, u o‘rta asr hukmlarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori. Mitchellning qarorini qo‘llab-quvvatlagan Shotlandiya milliy partiyasi deputati Natali Donning aytishicha, qonun loyihasi 2022-yilning yozida qabul qilinishi mumkin. “Ushbu xatoni tuzatishga kech emas. Nohaq ayblangan odamlar kechirimga loyiq ekani — haqiqat”, — deydi u.

Jodugarlik qonuni 1597-yilda Shotlandiya qiroli Yakov VI tomonidan qabul qilingan. Sehrgarlikda ayblangan barcha ayollar o‘limga hukm qilingan. Britaniya hududida sud jarayonlari VIII asr o‘rtalarigacha davom etgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 810 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayollar, etiladi, Shotlandiyada XVI—XVIII, qatl, asrlarda, jodugarlikda, qilingan, ayblanib, afv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное