FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh-2018 o‘yinlarini boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi.
Syurixda bo‘lib o‘tgan FIFA hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida JCh-2018 musobaqasida faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan 25 nafar referilar saralab olindi.
Agar Ermatov JCh-2018 o‘yinlarida ham ishlaydigan bo‘lsa, o‘z rekordni yangilashi mumkin. Hozirgacha aynan Ermatov mundiallarda eng ko‘p uchrashuvni (9 uchrashuv) boshqargan hakam bo‘lib turibdi.
FIFA tomonidan e’lon qilingan 25 nafar hakamlarning 9 nafar yevropalik, besh nafari – Janubiy Amerikadan, to‘rt nafari – Osiyo, uch nafari – KONKAKAF va yana bir nafar Okeaniya referilaridir.
Hozircha bu JCh-2018da ishlaydigan hakamlarning so‘nggi ro‘yxati sanalmaydi. Yakuniy ro‘yxat 2018 yilning yanvarida e’lon qilinadi.