Palov 14 yanvar kuni 2000 o‘ringa mo‘ljallangan markaziy stadionda tayyorlanadi.
Denovlik oshpazlar qariyb 9 tonnalik palovni tayyorlab, rekordni yangilash tashabbusi bilan chiqishdi. Tuman va viloyat hokimiyati mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Palovni tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz jalb etilib, 2000 kg mol go‘shti, 250 kg qo‘y dumbasi, 2200 kg guruch, 3000 kg sabzi, 250 kg piyoz, 210 litr o‘simlik, 250 l zig‘ir va 100 l kungaboqar yog‘i, shuningdek 70 kg tuz, 240 kg no‘xat, 100 kg mayiz, 5 kg zira va 5 kg qora murch solinadi. Mahsulotlarning jami vazni qariyb 9 tonnani tashkil etadi.
Taom avvalgi rekord o‘rnatilgan qozonda tayyorlanadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tayyorlangan qozon diametri 4,2 m, umumiy vazni 8,8 tonnani tashkil etadi.
Manba: «Gazeta.uz»