Ericsson iPhone va iPad savdosini taqiqlashni talab qildi
Telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya Ericsson Amerika sudiga Apple kompaniyasi ustidan yettita yangi da’vo berdi, shuningdek Xalqaro savdo bo‘yicha AQSh komissiyasiga Apple mahsulotlarini Amerika bozorida sotishni taqiqlashni talab qilib, so‘rov berdi. Bu haqda “CNews.ru” xabar berdi.
Shvetsiyaning Ericsson kompaniyasi Apple’ni o‘zining mobil qurilmalarda simsiz aloqa texnologiyalari, shuningdek mobil qurilma ekranida ma’lumotlarning aks etishi, energiya iste’molini kamaytirish va mobil operatsion tizimining ishlash tamoyili kabilarga asoslangan jami 41 ta patentini buzishda aybladi.