Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dushanbega birinchi reysni amalga oshirish rejasi yana amalga oshmadi.


O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi 4 aprel kuni Toshkentdan Dushanbega birinchi reysni amalga oshirish rejasi yana amalga oshmadi.

 

Aviakompaniya matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma`lum qilishicha, reysga yetarlicha chipta sotilmagani tufayli 4 aprelga belgilangan reys noma`lum muddatga qoldirilgan. U qo'shimcha ma`lumot bera olmadi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning noyabr oyida O'zbekiston va Tojikiston 1992 yili to'xtatilgan aviaqatnovlarni 2017 yil boshida qaytadan yo'lga qo'yishga kelishib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, O'zbekiston tomonidan «O'zbekiston havo yo'llari» aviakompaniyalari amalga oshirishi belgilangandi.

Somon Air aviakompaniyasining Toshkentga birinchi reysi 20 fevralga rejalashtirilgan edi, ammo aviakompaniya zarur hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.

Shundan buyon tomonlar ushbu reysni amalga oshira olmay kelmoqda.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2410 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, aviakompaniya, Dushanbe
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное