Dubay aholisini va sayyohlarni bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan ta’minlaydigan mintaqadagi dastlabki shahar bo‘ladi. Bu haqda novosti.ae sayti orqali ma’lum bo‘ldi.
Jamoat yerlarida allaqachon Internetga kirish nuqtalarini bunyod etish ishlari boshlangan. Yil oxiriga qadar Dubayda bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoniyatini beradigan 300ga yaqin aloqa nuqtasi yaratiladi.
Tezlikni oshirishni istagan foydalanuvchilar 20-50 dirham to‘lab, tezligi ancha katta bo‘lgan premium tarifidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.