DTM: test sinovlari natijalari hafta oxirida e’lon qilinadi
O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan test sinovlari natijalari ushbu hafta oxirida e’lon qilinadi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Davlat test markazi xodimi ma’lum qildi.
“Test sinovlari natijalari hafta oxirida e’lon qilinadi. Aniq sanasini ayta olmayman”, – dedi DTMning ismi tilga olinishini istamagan xodimi.
Shuningdek, u test natijalari chiqishi haqida bir kun oldin e’lon qilinmasligini, abiturientlar o‘z natijalarini maxsus SMS-xizmat orqali bilib olishlari mumkinligini aytdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetidagi manbaimiz test natijalari bugun, 15 avgust kuni e’lon qilinishi mumkinligini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni imtihon topshirgan abiturientlar to‘plagan ballarini, talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligini hamda o‘qish davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ekanligini bilish uchun UCell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS-xabar shaklida jo‘natishi hamda natijalarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori chiqqandan keyin bilib olishi mumkin bo‘ladi.
5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS-xabarlar bepul, 5101 raqamidan kelgan barcha SMS-xabarlar narxi 0.75 dollarni tashkil qiladi.
Test sinovi natijasi bilan bog‘liq SMS-xizmatlar Ucell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali amalga oshiriladi.
Ilohim talaba bo'lishsin topshirganlar. O'zim ham tushunaman bu vaziatni qanaqa bo'lishini. Chunki bir necha yillar oldin shunaqa holatda edim. Barcha abiturientlaga omad yor bo'lsin!!!