Dollar va rubl kursi ko‘tarildi, yevro esa arzonladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 8 yanvar kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 8337 so‘m 07 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 82 tiyinga qimmatladi.
Evro kursi esa 34 so‘m 92 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9498 so‘m 42 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli narxi 123 so‘m 36 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 51 tiyinga qimmatladi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.