5 oktyabrda Moskva birjasida dollarning rublga nisbatan kursi avvalgi savdolar yopilishidan avval qayd qilingan kursga nisbatan 1,1 rublga arzonlashdi va 64,91 rublni tashkil qildi. Yevro kursi esa 1,25 rublga arzonlab, 72,8 rublni tashkil qildi.
Rublning kursi neftning narxi ortidan oshmoqda. Londonning ICE birjasida noyabr oyiga yetkazib beriladigan Brent navidagi neft narxi 2,4 foizga oshib, bir barreli narxi 49,11 dollarga yetdi.